108
65- rasm. Bosh miyaning
tashqi ko‘rinishi:
1
— uzunchoq miya;
2
— miyacha;
3
— bosh miya
katta yarimsharlarining
ko‘rinishi.
U odam tanasidagi barcha
muskullarning harakatlarini tar-
tibli bajarilishi, muvozanatda
bo‘lishini ta’minlaydi. Agar miya-
cha shikastlansa yoki kasallansa,
tana muskullari bo‘shashadi va
odam tik turish, yurish, sakrash,
yugurish kabi harakatlarni baja-
rishi qiyinlashib, mast odamga
o‘xshab gandiraklab harakat qiladi.
Po‘stloqosti nerv markazlari.
Bosh miya yarimsharlari oq mod-
dasining orasida, oraliq miyaning
ustki qismida kulrang modda
to‘plami bo‘lib, u ikki qismdan ibo-
rat: oqimtir yadro va targ‘il tana.
Oqimtir yadro
tana muskullari tarangligini va harakatini bosh-
qaruvchi nerv markazi hisoblanadi.
U o‘zidan pastda joylashgan oraliq va o‘rta miya funksiyalarini
boshqaradi. Oqimtir yadro zararlansa, tana muskullarining ta-
rangligi ortib, qo‘l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz mus-
kullarining tarangligi ortib, go‘yo yuzga niqob kiygandek bo‘ladi,
ya’ni odamning har xil emotsional (xafa, xursand) holatlarini
aniqlab bo‘lmaydi.
Òarg‘il tana
oqimtir yadro ishini boshqaradi. Òarg‘il tana ka-
sallansa, oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana muskul-
larining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: