4
Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida bolalar
va o‘smirlar organizmida o‘sish va rivojlanishning buzilishi, tayanch-
harakatlanish, yurak-qon tomir, nafas olish, ovqat hazm qilish
organlarining surunkali kasalliklari, ko‘rish o‘tkirligining pasayib
qolishi kabi salbiy holatlar yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil
15- fevraldagi 46- sonli qarori bilan „Sog‘lom avlod“ Davlat dasturi
tasdiqlandi. Mazkur dastur 2000- yildan boshlab ko‘p yillar
davom etadigan tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu Davlat dasturi
asosida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash
vazirligining „Sog‘lom avlod“ majmuali tadbirlari ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Respublikasida 2005- yil „Sihat-salomatlik yili“
deb e’lon qilinishi mazkur darslikning mohiyatini yanada oshirdi.
Dostları ilə paylaş: