7
jayrada moddalar almashinuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Membrananing yana bir muhim xususiyati shuki, u hujayra ichi-
dagi va hujayra tashqarisidagi (hujayralararo)
suyuqliklardagi
ionlar tarkibi ma’lum muvozanatda bo‘lishini ta’minlaydi.
Hujayra
sitoplazmasi
ni membrana o‘rab turadi. Sitoplazmaning
tarkibi organik va anorganik moddalardan iborat.
Yadro hujayraning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib,
u qizil qon hujayralaridan tashqari,
deyarli hamma hujayralarda
bo‘ladi.
Yadro quyidagi funksiyalarni bajaradi: 1) hujayrada kecha-
digan hamma fiziologik jarayonlarni boshqaradi; 2) hujayrada
moddalar almashinuvi va oqsillar
sintezlanishini boshqaradi; 3) irsiy
axborotni saqlaydi.
Hujayra yadrosi quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
1) yadroni sirtdan o‘rab turuvchi parda; 2) yadro shirasi; 3)
yadrocha; 4) xromosomalar.
Odamning somatik (tana) hu-
jayralari yadrosida 46 ta xromoso-
ma, jinsiy hujayralarda 23 tadan
xromosoma bo‘ladi.
Har qaysi
xromosoma tarkibida mingtaga-
cha va bundan ham ko‘proq gen
bo‘ladi. Xromosoma va genlar
hujayraning
irsiy apparati hisob-
lanadi.
Hujayraning kimyoviy tarkibi.
Hujayraning barcha tarkibiy qism-
lari anorganik va organik modda-
lardan tashkil topgan.
Hujayra
tarkibida fosfor, oltingugurt, kalsiy,
kaliy, natriy, xlor, temir, magniy,
kremniy kabi makroelementlar va
yod, mis, kobalt, rux, nikel, oltin
kabi mikroelementlar bo‘ladi. Hu-
jayra tarkibining 70 % dan ko‘p-
rog‘ini suv tashkil etadi. Suv
erituvchi xususiyatiga ega bo‘lib,
u
hujayradagi barcha hayotiy
2-rasm. Odam organizmining
hujayralari:
1
— epiteliy hujayra;
2 —
eritrotsit;
3
— limfotsit;
4
—
suyak hujayrasi;
5
—silliq
tolali muskulning
duksimon hujayrasi;
6
—
ko‘ndalang- targ‘il muskul
hujayrasi;
7
— silindrsimon
hujayra;
8
— kubsimon hujayra.
1
2
3
7
8
4
5
6
8
jarayonlarda muhim o‘rin tutadi. Suv,
mikro va makroelementlar
hujayraning anorganik moddalaridir.
Hujayra tarkibidagi organik moddalarga oqsillar, yog‘lar,
uglevodlar, nuklein kislotalar kiradi.
Dostları ilə paylaş: