Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Muskul to‘qimasi. 
Muskul to‘qimasi uch xil bo‘ladi: ko‘nda-
lang-targ‘il, silliq tolali va yurak muskullari. Muskul hujayralarida
miofibril tolachalar bo‘lib, ular muskul tolasining qisqarish-yozi-
lish xususiyatini ta’minlaydi. Ko‘ndalang-targ‘il, ya’ni skelet mus-
kullari odam tanasining tashqi sohasida joylashib, suyaklarga birikib
turadi. Shuning uchun ular 
skelet muskullari
deb ataladi.
Skelet muskullarining harakati odam ixtiyoriga bog‘liq. Shuning
uchun biz qo‘l, oyoq, bosh kabi organlarimiz bilan hohlagan
harakatni bajaramiz. Muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan
shug‘ullanilsa, skelet muskullari yaxshi rivojlanadi.
Silliq tolali muskullar
hujayrasi duksimon shaklda, tolasi juda
kalta — 0,1 mm atrofida. Bu muskullarning hujayrasida bitta yadro
va sitoplazmasida qisqarish xususiyatiga ega bo‘lgan kalta miofibril
5


11
iðchalari bo‘ladi. Silliq muskullar nafas olish organlari, oshqozon-
ichak, siydik chiqarish yo‘llari, qon va limfa tomirlari devorida
joylashgan. Bu muskullarning faoliyati odam ixtiyoriga bog‘liq emas,
ya’ni ular odam tinch turganda, uxlaganda ham qisqarib-bo‘-
shashib, o‘z vazifasini bajaraveradi.
Yurak muskullari
tuzilishiga ko‘ra ko‘ndalang-targ‘il muskullarga
o‘xshasa ham, lekin birmuncha murakkab tuzilgan bo‘ladi. Ish
faoliyati jihatidan silliq muskullar singari odam ixtiyoriga bog‘liq
emas.
Muskul to‘qimasining asosiy xususiyati qo‘zg‘aluvchanlik va
qisqaruvchanlik hisoblanadi. Muskul to‘qimasi nerv sistemasidan
kelgan ta’sir natijasida qo‘zg‘aladi va unga qisqarib javob beradi.
Nerv to‘qimasi.
Nerv to‘qimasi bosh va orqa miyani tashkil
etib, sezuvchi va harakatlanuvchi nerv tolalari orqali organizmning
barcha to‘qima va a’zolari ishini boshqaradi. Nerv to‘qimasi nerv
hujayrasi, ya’ni
 neyron
va 
neyrogliya
dan tashkil topgan.
Nerv hujayrasi 
(neyron) bajaradigan vazifasiga ko‘ra ikki xil:
sezuvchi va harakatlantiruvchi bo‘ladi. Neyron har xil shaklga ega
(doirasimon, yulduzsimon, oval, noksimon va hokazo). Uning
hajmi ham turlicha (4—130 mikrongacha) bo‘ladi. Boshqa hujay-
ralardan farqi shundaki, unda membrana, sitoplazma va yadrodan
tashqari, bitta uzun va bir nechta kalta o‘simtalar ham bor. Uzun
o‘simtasi 
akson,
kalta o‘simtasi 
dendrit
deb ataladi. Sezuvchi
neyronning uzun o‘simtalari bosh va orqa miyadan chiqib, tananing
barcha to‘qima va organlariga boradi va ulardan ta’sirlarini qabul
qilib, markaziy nerv sistemasiga o‘tkazadi.
Harakatlantiruvchi neyronning
uzun o‘simtalari ham bosh va
orqa miyadan chiqib, tananing skelet muskullariga, ichki organ-
larning silliq muskullariga va yurakka borib, ularning harakatlani-
shini boshqaradi. Nerv hujayralarining kalta o‘simtalari orqa bosh
miyadan tashqariga chiqmaydi, ular bir hujayrani uning atrofidagi
boshqa nerv hujayralari bilan bog‘lab turadi. Nerv to‘qimasining
asosiy xususiyati qo‘zg‘aluvchanlikdir. Tashqaridan berilgan ta’sir
natijasida nerv hujayrasi qo‘zg‘aladi va ta’sirni ish bajaruvchi
organga uzatadi.
Neyrogliya.
Bu ham nerv to‘qimasining tarkibiga kiruvchi
hujayra bo‘lib, orqa va bosh miya nerv hujayralari atrofida
joylashadi, nerv hujayralarini oziqlantirish vazifasini bajaradi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin