Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Suyaklarning o‘sishi.
Yangi tu-
g‘ilgan chaqaloqning bo‘yi o‘rtacha 50
sm bo‘ladi. Bir yoshgacha u har oyda
2 sm dan o‘sib boradi. Birinchi yoshi
oxirida bo‘yi 74—75 sm ga yetadi. Un-
dan keyin har yili uning o‘sishi 5—7 sm
ni tashkil etadi. Bolalikning ayrim
davrlarida bo‘yga o‘sish tezlashadi. Masalan, 3 yoshgacha, 5—7
yoshgacha va 12—16 yoshgacha. O‘sish 20—25 yoshgacha davom etadi.
Odam bo‘yining uzunligi, asosan, uzun naysimon va umurtqa
pog‘onasi suyaklarining o‘sishiga bog‘liq. Suyaklarning o‘sishida
suyak moddalarini sintezlovchi ustki hujayralar (osteoblastlar) va
yemiruvchi (osteoklastlar) hujayralar ishtirok etadi. Suyaklarning
ustki tog‘ay qismida mineral tuzlar to‘planishidan suyak
qattiqlashib, suyakka aylanib, ichki tomonidan yemirilib boradi.
Shuningdek, suyaklarning o‘sishiga gi pofiz bezidan ajralgan
gormonlar ham ta’sir ko‘rsatadi.
Suyaklarning yoshga bog‘liq xususiyatlari.
Suyaklar odam-
ning yoshiga qarab o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Yangi tug‘ilgan bolalarda bosh suyagi o‘zaro birikmagan, bir
nechta suyakdan iborat bo‘ladi. Shuning uchun bosh suyagining
qopqog‘ida, ya’ni o‘zaro birikmagan suyaklar o‘rtasida yumshoq
joylar (bo‘shliqlar) bo‘lib, ular 
liqildoq
deb ataladi (16-rasm). Bosh
suyagi bolaning 3—4, 6—8 va 11—15 yoshlik davrida ayniqsa tez o‘sadi.
Uning o‘sishi va shakllanishi 20—25 yoshgacha davom etadi.
Umurtqa suyaklari 17—25 yosh orasida suyakka aylanib
bo‘ladi. Kurak, o‘mrov, yelka, bilak, tirsak suyaklarining suyakka
aylanishi 20—25 yoshgacha davom etadi. Qo‘l kaftining suyakka
aylanishi 15—16 yoshgacha, barmoqlarning suyakka aylanishi
16—20 yoshgacha davom etadi.


21
D vitamini yetishmasligi yoki quyosh nuridan yetarli foyda-
lanmaslik organizmda kalsiy va fosfor tuzlari almashinuvi buzilishiga
sabab bo‘ladi va suyaklanish jarayoni sekinlashadi. Natijada 
raxit
kasalligi
kelib chiqadi. Bunday kasallikka uchragan bolalarning
suyagi yumshab, egiluvchan bo‘lib qoladi. Ayniqsa, oyoqlari,
umurtqa pog‘onasi, ko‘krak qafasi, chanoq suyaklari egrilanib
qolishi mumkin. Bu esa ularning qad-qomati normal shakllani-
shiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin