111
Simpatik nerv sistemasi.
Bu nerv sistemasining markazlari orqa
miyaning birinchi ko‘krak segmentidan to uchinchi bel segmenti-
gacha bo‘lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miya-
ning yuqorida ko‘rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib,
umurtqa pog‘onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan
nerv tugunlariga, ulardan esa to‘qima va organlarga boradi.
Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchay-
tiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi,
me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskul-
larini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, nafas
yo‘llarini (bronxlarni) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi,
ko‘z qorachig‘ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.
Parasimpatik nerv sistemasi.
Buning markazlari bosh miyaning
pastki qismida (o‘rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dum-
Dostları ilə paylaş: