Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Bosh miya katta yarimsharlari



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Bosh miya katta yarimsharlari.
Bosh miya o‘ng va chap yarim-
shardan iborat bo‘lib, ular qadoqsimon tana yordamida bir-biri
bilan tutashib turadi. Bosh miya yarimsharlari ikki qavatdan iborat:
1) kulrang moddadan tashkil topgan tashqi po‘stloq qavat; 2) oq
moddadan tashkil topgan ichki qavat.
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stloq qavatining qalinligi
2,5—3,0 mm bo‘ladi. Po‘stloq tekis bo‘lmasdan pushta va egatlardan
iborat (66- rasm). Miya po‘stlog‘ining bunday tuzilishi unda
nihoyatda ko‘p miqdorda nerv hujayralari joylashuviga imkon
beradi. Binobarin, miya po‘stlog‘ida 14—16 mlrd atrofida nerv
hujayralari joylashgan.


109
Qizig‘i shundaki, miya po‘stlog‘i pushtalarining soni barcha
odamda deyarli bir xil, lekin ularning tuzilishi bamisoli qo‘l kafti
chiziqlari singari xilma-xil bo‘ladi. Agar miya po‘stlog‘ining pushta
va egatlari yozib tekislansa, uning umumiy sathi 1468—1670 sm
2
ni tashkil qiladi. Miya katta yarimsharlari peshana, chakka, tepa,
ensa qismlariga bo‘linadi.
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘i mikroskopda tekshi-
rilganda, undagi nerv hujayralari olti qavat bo‘lib joylashganligi
aniqlangan (66- rasm). Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining
turli qismlarida joylashgan nerv hujayralarining (67- rasm)
po‘stloq sathi funksiyasiga ko‘ra, uchta zonaga bo‘linadi: sezish,
harakat va assotsiativ zonalar.
Sezish zonalarida
joylashgan nerv hujayralari to‘plami odam
tanasining barcha sezgi organlarining oliy markazi hisoblanadi. Bu
markazlar teri, ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish kabi sezgi
organlari retseptorlaridan impuls qabul qiladi.
66- rasm. Bosh miya
po‘stlog‘ining mikroskopik
tuzilishi:
I
— eng ustki qavat, nerv hu-
jayralarining kalta o‘simtalaridan
tashkil topgan;

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin