Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

57- rasm. Buyrakusti
bezi (1); buyrak (2).


100
muskul to‘qimalarida glikogen moddasi sifatida zaxira holda
to‘planishini ta’minlaydi.
Me’daosti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida
ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi
orasida ko‘p tarqalgan 
qandli diabet
kasalligi kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Sog‘lom odam qonida qandning normal miqdori 80—120 mg %
bo‘ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150—250 mg %
ga ko‘tarilib, undan ham ortib ketishi mumkin.
Qondagi qandning miqdori normal bo‘lganda, u buyrak orqali
siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya’ni sog‘lom odamning
siydigida qand mutlaqo bo‘lmaydi. Qonda qandning miqdori 140—
150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila bosh-
laydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko‘p suv iste’mol qiladi.
Iste’mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to‘qima-
larda o‘zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli
bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste’mol qilishga majbur
bo‘ladi. Aks holda teri ostidagi zaxira yog‘ moddalari parchalanib,
glukozaga aylanadi, hatto hujayra va to‘qimalar tarkibidagi oqsil,
yog‘ moddalari ham glukozaga aylanib, qonga o‘tadi va undan siydik
bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi,
kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi.
Jinsiy bezlar.
Erkaklarning jinsiy bezlariga bir juft 
moyaklar
(urug‘don), moyak ortig‘i, prostata bezi kiradi. Moyaklar
elliðssimon bo‘lib, massasi katta odamda 20—36 g bo‘ladi. Ularda
erkaklik jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va erkaklik jinsiy
gormoni (testosteron) ishlab chiqariladi. Moyaklarning bu funk-
siyasi o‘smirlik davrida (12—15 yosh) boshlanadi va keksayish
davriga qadar davom etadi.
Òestosteron
gormoni o‘smirlarda balog‘atga yetish belgilari
yuzaga kelishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ayollarning jinsiy bezlariga bir juft 
tuxumdon
kiradi. Òuxum-
donlar kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘lib, katta yoshli
ayollarda ularning massasi 5—6 g bo‘ladi. Òuxumdon bachadonning
orqa qismiga yopishib turadi. Òuxumdonda jinsiy gormonlar ishlab
chiqariladi. Bu gormonlar bevosita qonga quyiladi. Ular qiz bolaning
o‘smirlik davridan ishlab chiqarila boshlaydi va unda ikkilamchi,
ya’ni ayollik jinsiy belgilari hosil bo‘lishini ta’minlaydi.


101
Bundan tashqari, tuxumdonlarda pufakchalar to‘plami — fol-
likulalar bo‘ladi. Ularda jinsiy hujayralar (tuxumhujayralar) paydo
bo‘ladi va yetiladi.
Òez-tez shamollash, angina, griðp kabi kasalliklar tuxumdon-
ning yallig‘lanishiga sabab bo‘ladi. Kasallik o‘z vaqtida davo-
lanmasa, tuxumdonning funksiyasi buziladi, ayolda farzand ko‘-
rish xususiyati yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin