102
X I b o b .
NERV SISTEMASI
37- §. Nerv sistemasining ahamiyati va tuzilishi
Nerv sistemasi odam organizmining barcha hujayra, to‘qima
va organlarining ishini boshqarish, tartibga
solish hamda ularning
bir-biri bilan o‘zaro bog‘lanishini ta’minlashdan iborat. U odam-
ning tashqi muhit va atrofdagi boshqa odamlar bilan muomalasini,
organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvini ta’minlaydi.
Nerv sistemasi ikki qismdan iborat:
markaziy va periferik nerv
sistemasi.
Markaziy nerv sistemasiga
orqa va bosh miya kiradi (58- rasm).
Periferik nerv sistemasiga
orqa miyadan chiqadigan 31
juft sezuv-
chi, harakatlantiruvchi nerv tolalari, bosh miyadan chiqadigan
12 juft nervlar hamda umurtqa pog‘onasi
atrofida va ichki organlarda
joylashgan nerv tugunlari kiradi.
Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra, nerv sistemasi ikki qismga
bo‘linadi: somatik va vegetativ nerv sistemasi.
Somatik nerv
sistemasi
odam tanasining sezgi organlari,
skelet muskullari ishi-
ni boshqaradi.
Vegetativ nerv sistemasi
ichki organlar (nafas olish,
qon aylanish,
ovqat hazm qilish,
ayirish va hokazo) hamda ichki sekretsiya
bezlari ishini boshqaradi.
Dostları ilə paylaş: