Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

umumiy ko‘rinishi.
9-rasm. Bosh suyagi:
1
peshana suyagi
2
— tepa suyagi; 
3
— ensa
suyagi; 
4
chakka suyagi;
 5
— pastki jag‘
suyagi; 
6
— yuqori jag‘ suyagi; 
7
— yonoq
suyagi; 
8
— ko‘z yoshi suyagi; 
9
—burun
suyagi.
G‘alvirsimon suyaklar
— yuqorigi
jag‘, peshana, bosh suyagining pastki
asos qismidagi ponasimon va g‘alvirsimon
suyaklar.
Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga
qarab bir necha qismga bo‘lib o‘rganiladi:
bosh, gavda, qo‘l va oyoq suyaklari.
Bosh suyagi
23 ta suyakning birikishidan tashkil topgan bo‘lib,
ikki qismdan iborat: miya qutisi va yuz suyaklari (9- rasm).
Gavda skeleti.
Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat:
umurtqa pog‘onasi va ko‘krak qafasi.
Umurtqa pog‘onasi
33—34 umurtqaning birikishidan hosil
bo‘lib, uzunligi odamning bo‘yiga qarab 70—90 sm gacha bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasi odam skeletining markaziy qismi bo‘lib, unga
barcha suyaklar birikib turadi va u tananing asosiy tayanchi bo‘lib
xizmat qiladi. Umurtqa pog‘onasi 5 qismdan iborat: bo‘yin — 7,
ko‘krak — 12, bel — 5, dumg‘aza — 5 va dum 4—5 ta umurtqadan
tashkil topgan (10- rasm).
Ko‘krak qafasi suyaklariga 
12 ta ko‘krak umurtqasi, 12 juft
qovurg‘alar va to‘sh suyagi kiradi (11- rasm). Bularning bir-biri
bilan birikishi natijasida 
ko‘krak qafasi
hosil bo‘lib, unda odam
hayoti uchun muhim bo‘lgan ichki organlar joylashadi.


17
Qovurg‘alarning 12 jufti ham orqa tomondan ko‘krak umurt-
qalariga birikadi. Ulardan 7 jufti haqiqiy — chin qovurg‘alar deyilib,
old tomondan to‘sh suyagiga birikadi. 3 jufti soxta qovurg‘a deyilib,
ular o‘zaro va yettinchi qovurg‘aning tog‘ayiga birikadi. Pastki 2
juft qovurg‘a esa yetim qovurg‘alar deyilib, qorin muskullari orasida
yotadi.
Òo‘sh suyagi
uch qismdan: yuqorigi — dasta, o‘rta — tana
qismi va pastki — qilichsimon o‘simtadan iborat.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin