Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Skletning tuzilishi va funksiyasi, suyaklarning shakllari



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Skletning tuzilishi va funksiyasi, suyaklarning shakllari
Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet va muskullardan
iborat.
Odam skeletining funksiyasi — ko‘p qirrali. Eng muhimi gavdada
u tayanch va himoya funksiyasini bajaradi. Skeletning tayanch
funksiyasi tufayli unga barcha skelet muskullari birikib turadi. Skelet
ichki organlarni, qon tomirlari va nerv sistemasini himoya qilish
funksiyasini ham o‘taydi. Masalan, bosh miya kalla suyagining miya
qutisi ichida, orqa miya umurtqa pog‘onasining kanalida; o‘pkalar,
traxeya va bronxlar, yurak va yirik qon tomirlari ko‘krak qafasida
joylashganligi tufayli tashqi muhitning noqulay ta’siridan
himoyalangan.
Suyaklarning ko‘mik qismida qonning shaklli elementlari
(eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan
tashqari, suyaklar mineral tuzlar deposi (to‘planadigan joy) bo‘lib
xizmat qiladi. Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo‘lib,
ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir (8- rasm).
Tuzilishiga ko‘ra, suyaklar 
naysimon, yassi, g‘ovak va g‘alvir-
simon
bo‘ladi.
Naysimon suyaklar,
o‘z navbatida, ikki xil bo‘ladi. Uzun nay-
simon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta
naysimon suyaklar (qo‘l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
G‘ovak suyaklar
ham ikki xil: uzun g‘ovak (qovurg‘a, to‘sh,
o‘mrov), kalta g‘ovak (umurtqa, kaftusti suyaklari) bo‘ladi.
Yassi suyaklar
— bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va
chanoq suyaklaridir.
II b o b .
 
ÒAYANCH-HARAKATLANISH
SISTEMASI
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø
5- §. Òayanch-harakatlanish sistemasining
tuzilishi


16
8-rasm. Skeletning

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin