25
muskullari kiradi.
Mimika muskullariga
ko‘zning aylana muskuli,
qoshlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi, og‘izning aylana muskuli
kabilar kiradi. Mimika muskullari odamning har xil ruhiy holat-
larini ifodalashda ishtirok etadi. Ular, ayniqsa, qiziqchilarda yaxshi
rivojlangan bo‘ladi, chunki ular bu muskullarni maxsus mashq
qildiradi. Bu muskullar suyaklarga birikmaydi.
Bo‘yin va tana
muskullari.
Bo‘yin muskullariga bo‘yinning
teriosti muskuli, to‘sh-o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskuli kabilar
kirib, ular boshning turli harakatlarini ta’minlaydi.
Tana muskullari joylashishiga qarab ko‘krak, qorin va orqa
muskullaridan iborat.
Ko‘krak qafasi muskullariga
ko‘krakning katta va kichik mus-
kullari, o‘mrovosti muskuli, qovurg‘alararo (tashqi va ichki)
muskullar hamda ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i o‘rtasida joy-
lashgan diafragma muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas
chiqarishda, qo‘llarni harakatlantirishda ishtirok etadi.
Qorin
muskullari qorin devorini hosil qilishda, nafas harakat-
larida, umurtqa pog‘onasini bukishda, qorin bo‘shlig‘idagi ichki
organlar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi.
Qorin muskullari ayollarda yaxshi rivojlanganligi uchun tug‘ish
jarayoni oson o‘tishiga yordam beradi.
Orqa muskullariga
trapetsiyasimon, orqaning serbar musku-
li, rombsimon kabi muskullar kiradi. Orqa muskullari umurtqa
pog‘onasi va kurak suyagi harakatlarini ta’minlaydi. Ular gavdani
rostlab turadi.
Qo‘l muskullari
yelka kamari va qo‘l muskullaridan iborat.
Yelka kamari muskullariga deltasimon, kurak sohasidagi muskullar
kiradi.
Qo‘l muskullari
yelka, bilak va qo‘l panjasi sohasidagi
muskullarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: