Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Suyaklar qanday to‘qimalardan tashkil topgan? 2



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

1.
Suyaklar qanday to‘qimalardan tashkil topgan?
2.
Suyaklarning kimyoviy tuzilishini ayting.
3.
Suyaklarning o‘sishi haqida nimalarni bilasiz?
4.
Odamning yoshiga qarab suyaklarning kimyoviy tarkibi qanday
o‘zgaradi?
7- §. Muskullar va ularning funksiyasi
Skelet muskullari ishining boshqarilishi, skelet muskul-
larining shakllari
Odam tanasi skelet muskul-
larining old va orqa tomonidan
ko‘rinishi 17- va 18- rasmlarda
ko‘rsatilgan.
Skelet muskullari
tayanch-
harakatlanish sistemasining faol
qismi hisoblanadi. Muskul
qisqarishi suyaklarni harakatga
keltiradi va odamning qo‘l-
oyoqlari ma’lum ishni bajaradi
(yurish, yugurish, sakrash, yuk
ko‘tarish, ovqatlanish, so‘zlash,
yozish va hokazo).
17-rasm. Odam tanasi skelet
muskullarining old tomondan
ko‘rinishi:
1
— peshana muskuli; 
2
— ko‘zning
aylana muskuli; 3— og‘izning aylana
muskuli; 
4
— chakka muskuli; 
5
— chay-
nov muskuli; 
6
— to‘sh-o‘mrov-so‘r-
g‘ichsimon muskul;
7
— deltasimon
muskul; 
8
— ko‘krakning katta muskuli;
9
— yelka muskuli; 
10
— qorinning
tashqi qiyshiq muskuli; 
11
— oyoq
panjasini yozuvchi uzun muskul; 
12

sonning to‘g‘ri muskuli; 
13
— tikuvchi
muskul; 
14
— qorinning ichki qiyshiq
muskuli; 
15
— qo‘l panjasini bukuvchi
bilak muskuli; 
16
— qorinning to‘g‘ri
muskuli; 
17
— yelkaning ikki boshli
muskuli; 
18 
— qovurg‘alararo mus-
kullar.


23
Muskullar harakatini ta’minlovchi motoneyronlarning orqa,
uzunchoq va o‘rta miyadagi markazlarining funksiyasi bosh miya
katta yarimsharlari po‘stloq qismining oldingi markaziy egatida joy-
lashgan nerv hujayralari — 
harakatlanish oliy nerv markazlari
tomonidan boshqariladi. Agar bosh miya po‘stlog‘idagi nerv mar-
kazlarining ishi buzilsa, markazni boshqaradigan muskullar falaji
yuzaga keladi. Bunda ularning tarangligi ortadi, shol bo‘lgan qo‘l-
oyoq tarashadek qotib qoladi. Bu bosh miya shikastlanganda yoki
miyaga qon quyilganda yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv
markazlarining ishi buzilganda ular boshqaradigan muskullarda
periferik falajlik yuzaga keladi.
Bunda ularning tonusi pasayib,
falaj bo‘lgan qo‘l yoki oyoq ha-
rakatsizlanib, osilib qoladi.
Odam organizmida 600 dan
ortiq skelet muskullari bo‘lib,
ular tana massasining o‘rtacha
40 % ini tashkil etadi. Jismoniy
mehnat va sport bilan shug‘ul-
lanuvchilarda muskullar yaxshi
rivojlangan bo‘lib, ular tana mas-
sasining 50 % ini va undan
ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin