Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Odam va hayvonlar skeletidagi o‘xshashliklar



Yüklə 3,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/135
tarix07.01.2024
ölçüsü3,48 Kb.
#205239
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
Odam va uning salomatligi. 8-sinf (2014, B.Aminov, T.Tilavov)

Odam va hayvonlar skeletidagi o‘xshashliklar.
Evolutsion
rivojlanish jarayonida ibtidoiy odam tik yurishi va mehnat qilish faoliyati
tufayli uning skeletida sutemizuvchi hayvonlarning skeletidan farq
qiladigan o‘zgarishlar paydo bo‘la boshladi.
 
Odam bosh miyasining
yuksak darajada rivojlanganligi uning bosh skeleti miya qismining yuz
qismiga nisbatan katta bo‘lishiga olib keldi. Hayvonlar bosh skeletining
yuz qismi esa miya qismiga nisbatan yaxshi rivojlangan. Chunki ular
dag‘al, qattiq oziq bilan oziqlanadi. Bundan tashqari, ularning
jag‘i hujum va himoya organlari vazifasini ham bajaradi.
Odam skeletining o‘ziga xos belgilaridan biri asosiy mehnat
organi bo‘lgan qo‘llarining tuzilishidir. Qo‘lning yelka, bilak, kaftusti
va panja bo‘g‘imlarida xilma-xil murakkab va nozik harakatlar bajariladi.
Masalan, sportchi, raqqosa, zargar, soatsoz, rassom, haykaltarosh
va hokazo mutaxassislarning qo‘l bilan bajaradigan ishlarini eslash
kifoya. Bunday murakkab va nozik harakatlarni bajarishda, ayniqsa,
qo‘l bosh barmog‘ining roli nihoyatda katta.
Odamning tik yurishi uning
 
chanoq suyaklari
 va 
chanoq
bo‘shlig‘ining kattalashuviga sabab bo‘lgan
.
Shu tufayli chanoqda
ko‘pgina ichki organlar joylashadi va himoya qilinadi.
Odamning oyoq suyaklari hayvonlarning orqa oyoqlariga nis-
batan kuchli rivojlangan va baquvvatdir. Bunga sabab odam tik yuri-
shi tufayli tana massasining ikki oyoqqa tushishidir. Bundan tashqari,
odam oyoqlari bilan xilma-xil va murakkab harakatlarni bajaradi.
16-rasm. Chaqaloq bolaning kalla suyagi:
A
—yon tomondan ko‘rinishi; 
B
—yuqoridan ko‘rinishi;
1
— peshana liqildog‘i; 
2
— ensa liqildog‘i; 
3
— yon liqildoqlar.
1
3
2
A
2
1
B


22
Ø
Ø
Ø
Ø
Ø

Yüklə 3,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin