29
beli stul (parta) suyanchig‘iga suyanib tursin. Oyoqlari tizza
bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilsin. Oyoq kaftining hamma
yuzasi polga baravar tegib tursin. Ko‘krak bilan parta qirrasi orasida
10 sm ga yaqin masofa bo‘lsin.
Qad-qomatning shakllanishi 18 yoshgacha davom etadi. Shu-
ning uchun ana shu yoshgacha bo‘lgan bolalar yuqorida ko‘rsatil-
gan qoidalarga amal qilsalar, ularning qad-qomati to‘g‘ri, chiroyli
bo‘lib shakllanadi.
Yassioyoqlik.
Odam tovon-kaftining pastki qismi tayanch-hara-
katlanish sistemasining muhim qismi hisoblanadi. U tuzilish
xususiyatlariga ko‘ra, tananing ressori vazifasini bajarishga
moslashgan.
Òo‘g‘ri rivojlangan oyoq kaftining ko‘proq qismi o‘yiqroq (chu-
qurroq), ozroq qismi gumbaz shaklida bo‘ladi. Uning bunday tu-
zilishi tana massasini oyoqning tovon va kaft qismlariga baravar
taqsimlanishini ta’minlaydi.
Yassioyoqlikda tovon-kaft yuzasi (gumbaz qismi) kengayib,
o‘yiq (chuqur) qismining sathi kamayadi, ba’zida esa oyoq yuza-
sining butun sathini gumbaz qism egallab, u tekis bo‘lib qoladi
(25-rasm). Natijada tovon-kaftning ressorlik vazifasi buziladi.
Dostları ilə paylaş: