48
17- §. Qonning tomirlar bo‘ylab harakatlanishi
Ø
Qon oqish tezligi, puls
Gemodinamika qonuniga muvofiq,
qon aylanishi sistemasining
yuqori qismida, ya’ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va
qonning oqish tezligi arteriya qon tomirlarida yuqori bo‘ladi. Quyi
qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo‘ladi.
Qon oqishining o‘rtacha chiziqli tezligi aortada 40 sm/s,
arteriyalarda 40—10 sm/s; arteriolalarda — 10—0,1 sm/s,
kapillarlarda — 0,1 sm/s, venalarda — 0,3—0,5 sm/s gacha
sekinlashadi.
Òinch holatda katta odam tanasi bo‘ylab
qon bir marta aylanib
chiqishi uchun 25—30 s vaqt ketadi. Jismoniy mehnat va sport
bilan shug‘ullanganda yurakning qisqarishlar soni ko‘payadi, qon
oqishi tezlashadi va uning odam
tanasini aylanib chiqishiga
sarflanadigan vaqt qisqaradi.
Òomir urishi (puls).
Qon tomirlari devorining ritmik ravishda
to‘lqinlanib
turishi
tomir urishi,
ya’ni
puls
deb ataladi. Arteriya qon
tomirlari devorining to‘lqinlanishi
arterial puls,
vena
qon tomirlari
devorining to‘lqinlanishi
vena pulsi
deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: