96
Giðofizning oldingi bo‘lagidan
somatotrop va boshqa xil
gormonlar ajraladi. Bu gormon bolalar va o‘smirlarning o‘sishini,
rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba’zi
sabablarga ko‘ra, bolalar va o‘smirlarda bu gormon ko‘p ishlab
chiqarilsa, bo‘y me’yoridan ortiq o‘sib ketadi. Bu holatga
gigan-
tizm,
bunday
odam esa
gigant
deb ataladi. Agar bu gormon kam-
roq ishlab chiqarilsa, bo‘y o‘sishi
sekinlashadi, bunday holga
nanizm
deyiladi (54- rasm). Bunday bo‘yi past odam
giðofizar
pakana
deyiladi. Ularning bo‘yi past bo‘lsa
ham aqliy faoliyati
normal bo‘ladi. Bo‘y o‘sishi to‘xtagan katta odamlarda somatotrop
gormoni ko‘p ishlab chiqarilsa,
akromegaliya
kasalligi sodir bo‘ladi.
Bunda
odamning burni, labi, iyagi, tili, qo‘l va oyoq panjalari-
ning hajmi kattalashadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, giðofiz organizmdagi bar-
cha ichki sekretsiya bezlarining ishini
tartibga soluvchi hukmron
bez bo‘lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv tizimi
tomonidan, ya’ni oraliq miyada joylashgan giðotalamusdan aj-
raladigan
neyrogormonlar
orqali boshqariladi.
Epifiz bezi
bosh
miyaning asosida, ya’ni o‘rta miya sohasida
joylashgan bo‘lib, uning massasi 0,2 g. Unda
melatonin gormoni
ishlab chiqariladi. Bu gormon giðofizning oraliq bo‘lagidan
ajraladigan
intermidin
gormoni singari, odam organizmida pigment
almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: