Odamlarda parazitlik qiladigan soxta oyoqlilarning muhim vakilla
l-rasm. Ichburugʼ 4 amyobasi hayot siklining sxemasi:
1-hazm yo‘liga tushgan sista; 2-amyobaning sistadan chiqishi; 3 -4-ichak bo‘shlig‘idagi mayda vegetativ shakli; 5-yirik vegetativ shakli; 6-ichakdagi sistalar; 7-ichakdan chiqqan qon va shilimshiq aralash chiqindilarda uchraydigan shakli. Ichburug’ amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari bo‘ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan: a) kichik vegetativ shakli; b) to‘qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli. Amyobaning to‘qima va eritrofag shakllari ba’zan yirik vegetativ shakl deb ham ataladi. Aslida, bu ikki shakl o‘zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo‘lib, zich parda - sista qobig‘i bilan o‘ralgan. Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo‘ladi. Mayda vegetativ shak li kichkina (15-20 mkm) bo‘lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo‘linadi. Endo- plazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo‘g‘on ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi. Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to‘qima shakli (20-25 mkm) odamning yo‘g‘on ichagi devorlarida yashab, yaralar hosil qiladi va ichak devoridagi to‘qimalami yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi. 18To‘qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar yallig‘lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi. Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. Chunki u ko‘payib, to‘qima shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo‘jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli boiib, hatto, xlorlangan suvda ham halok boimaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamli boiadi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro boiadi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste’mol qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo boiadi. So‘ngra ular mitoz yoii bilan boiinib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli boigan odamlar odatda sogiom boiib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, ya’ni to‘qima shakliga aylanadi. To‘qima shakli o‘zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar boiishiga olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlaming axlatida qon boiishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli erit- rofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik boiib, ko‘ndalang oichami 20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta boiib, o‘zi esa ancha harakatchan boiadi. Sitoplazmada, ko‘pincha, eritrotsitlami topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyo basi odamning boshqa a’zolariga (jigar, o‘pka) ham joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to‘qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to‘g‘ri kelib qolsa, u qon orqali to‘g‘ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab bo’ladi. O ‘pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o‘pkaga diafragma orqali o‘tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og‘rishi,