Ionli bogʻlanishning hosil boʻlishi Ionli bogʻlanishlar qarama-qarshi zaryadli ionlar oʻrtasida hosil boʻlgan bogʻlanishlardir. Masalan, natriy xlorid yoki isteʼmol tuzini hosil qilish uchun musbat zaryadlangan natriy ionlari va manfiy zaryadlangan xlorid ionlari bir-birini oʻziga tortadi. Koʻplab ionli birikmalar kabi isteʼmol tuzi ham shunchaki bitta natriy va bitta xlorid ionidan tashkil topmaydi, balki u koʻplab takroran joylashgan, 3D koʻrinishidagi (kristall) shakllardan tashkil topgan.\[^1\]
Ayrim ionlar fiziologiyada elektrolitlar deb nomlanadi (jumladan, natriy, kaliy va kalsiy). Ushbu ionlar nerv impulslarini oʻtkazish, mushaklarning qisqarishi va suv balansi uchun zarurdir. Koʻplab sport ichimliklari va ozdiruvchi qoʻshimchalar jismoniy mashqlar paytida terlash orqali tanadan yoʻqotilganlarini oʻrnini bosish uchun ushbu ionlar bilan taʼminlaydi.
Kovalent bogʻlanish Atomlarning barqaror boʻlishining yana bir usuli bu (ularni butunlay egallash yoki yoʻqotishdan koʻra) elektronlarni almashish va shu tariqa kovalent bogʻlanishlar hosil qilishdir. Tirik organizmlar molekulalarida kovalent bogʻlanishlar ionli bogʻlanishlarga qaraganda koʻproq uchraydi.
Masalan, kovalent bogʻlanishlar tanamizdagi DNK va oqsillar singari uglerodga asoslangan organik molekulalar tuzilishining asosini tashkil qiladi. Kovalent bogʻlanishlar \[\text H_2\text O\], \[\text{CO}_2\] va \[\text{O}_2\] kabi kichikroq noorganik molekulalarda ham uchraydi. Atomlar oʻrtasida bir, ikki yoki uch juft elektronlar taqsimlanishi mumkin. Natijada shunga mos ravishda bitta, qoʻsh yoki uchtalik bogʻlanishlar paydo boʻladi. Ikki atom oʻrtasida qancha koʻp elektronlar almashsa, ularning bogʻlanishi shunchalik kuchli boʻladi.
Kovalent bogʻlanishga misol tariqasida suvni olaylik. Suv molekulasi \[\text H_2\text O\] ikkita vodorod atomining bitta kislorod atomiga birikishidan iborat. Har bir vodorod kislorodga elektronini beradi va oʻz navbatida, kislorod ham elektronlaridan birini vodorodga beradi:
Vodorod atomining kovalent bogʻlanish natijasida kislorod atomi bilan elektronlarini almashib, suv molekulasini hosil qilishi.
Grafik material OpenStax Biologyʼdan olindi.
Almashingan elektronlar oʻz vaqtlarini vodorod va kislorod atomlarining valent qobiqlari oʻrtasida taqsimlab, har bir atomga toʻliq valent qobigʻiga erishishi uchun (H uchun ikkita, O uchun sakkizta) elektron almashiniladi. Bu suv molekulasini uning tarkibidagi atomlari birikishidan oldingi yagona holatiga qaraganda ancha barqaror qiladi.