Oddiy refleks yoyi bosh va orqa miya o'tkazuv yo`llarstrreplA


Keyingi miya, retikulyar formatsiya



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə2/5
tarix25.10.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#161300
1   2   3   4   5
oddiy refleks yoyi bosh va orqa miya o\'tkazuv yo`llari arxiv.uz

Keyingi miya, retikulyar formatsiya

Keyingi miya deganda uzunchoq va Varoliy (Varoliy Kostanso 1543-1575 italyan anatomi) ko’prigi tushuniladi. Uzunchoq miyada V-VII bosh miya nervlarining markazi (yadrolari) joylashgan (ko’zni harakatga keltiruvchi nerv, yonbosh nerv, uchlamchi nerv, yuz nervi, til, tomoq nervi, adashgan nerv va boshqalar). Bundan tashqari keyingi miyada retikulyar formatsiya deb ataluvchi nerv elementlari bor, ular afferent va efferent tolalar bilan bog’lanmaydi.


Keyingi miyada o’tkazuvchi yo’l vazifasini ham bajaradi, undan bosh miyaning yuqori qismiga va orqa miyaga maxsus yo’llar o’tadi.
Keyingi miya ko’p tarmoqli va murakkab funksiya bajaradi. Uning funksiyalarini ikki guruhga bo’lish mumkin, ya'ni keladigan afferent impulslarga javob beradigan reflektor funksiya va avtomatik tarzda amalga oshiriladigan funksiya (nafas olish markazi, yurak-qon tomirlar harakatini amalga oshiruvchi markaz).
Keyingi miya reflektor reaksiyalari (bosh miya nervlari yadrolari tomonidan amalga oshiriladi) ikkiga bo’linadi: somatik va vegetativ reaksiyalar. Keyingi miyadan chiqadigan vegetativ nerv tolalari faqat parasimpatik tolalardir, ularning effektor yo’li ikki qismdan iborat, ya'ni preganglionar va postganglionar yo’llar. Somatik nerv markazlaridan harakat impulslari to’g’ridan-to’g’ri effektorga boradi.
Uzunchoq miyadan chiqadigan asosiy vegetativ nerv bu adashgan nervdir, undan chiqqan tolalar ovqat hazm qilish organlari, nafas olish organlari, yurakka beradi. Yana bu yerdagi yuz va til-tomoq nerv markazlari ham qisman vegetativ nerv markazi hisoblanadi. Ular so’lak bezlari ishini amalga oshiradi. Somatik nerv yadrolaridan eng yirigi bu eshitish markazidir. U ichki quloqdan impulslar qabul qiladi. Yana bu yerdagi harakat markazlaridan bosh, bo’yin va ovqat hazm qilish apparati yuqori qismlarining muskullarini (ko’ndalang - targ’il) impulslar bilan ta'minlovchi nervlar chiqadi. Bularga chaynovchi muskullarni ta'minlovchi, uchlamchi nerv harakat markazlari, mimika muskullarini ta'minlovchi yuz nervi markazlari, og’iz bo’shlig’i va tomoq muskullarini ta'minlovchi til-tomoq nervining harakat markazlari, hiqildoqni ta'minlovchi adashgan nerv harakat markazlari va boshqalar kiradi. Bu somatik markazlar orqali sodir bo’ladigan reflektor jarayonlar birinchidan, ma'lum bir tana vaziyatini ta'minlab tursa, ikkinchidan ovqatni qabul qilish, chaynash, yutishlarni amalga oshiradi.
Tana vaziyatini saqlovchi reflekslar: bular ichki quloqdagi vestibulyar va yarimdoira kanallardagi retseptorlarning qitiqlanishi bilan yuzaga keladi. Ichki quloqdagi asosiy organ labirint tarkibidagi yarim doira kanallar, chig’anoq va chig’anoq oldi qismlari suyuqlik perilimfa va endolimfa suyuqligi bilan to’latilgan bo’ladi. Ulardagi retseptor yuzalar mikroskopik tuzlar kristall statolit ta'sirida va suyuqliklar harakati bilan qitiqlanib, vestibulyar apparat boshning bo’shliqdagi vaziyati haqida impuls oladi. Yarimdoira kanallardagi retseptor yuzaning endo- perelimfa oqimidan ta'sirlanishidan boshning bo’shliqda harakat qilishi haqida sezgi paydo bo’ladi. Vestibulyar apparatda va yarimdoira kanallarda yuzaga keladigan reflekslar ikki xil bo’ladi. Statik va statokinetik reflekslar chig’anoq oldi qism retseptorlarning, statik reflekslar esa yarimdoira kanallar retseptorlarining qitiqlanishidan yuzaga keladi. Statik reflekslar o’z navbatida yana ikkita: tana vaziyati va qadni rostlash reflekslariga bo’linadi. Birinchisiga tana vaziyati bo’shliqda o’zgarsa muskullar tonusining o’zgarishi, ikkinchisiga organizm o’z holatidan chiqsa (mushuk ag’darilsa) muskullar tonusining navbatlashib o’zgarishi va oqibatda tanani rostlash uchun yuzaga keladigan reflekslarni misol qilib olish mumkin.
Statik - kinetik reflekslar eng murakkab bo’lib, ular tana vaziyati va orientatsiyani (aylanma harakatda) bir xil saqlash uchun kerak.
Statik va statokinetik reflekslar tanadagi barcha muskullar tonusiga ta'sir qiladi (masalan aylanma harakatda nistagm, qusish, yurakning tez urishi, nafas olishning o’zgarishi, dengiz kasalligi). Lift reflekslari ham to’g’ri chiziqli stato-kinetik refleksdir.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin