Odob-axloq tarbiyasi


Abu Ali ibn Sino axloq haqidagi qarashlari uning shoh asarlari bo‘lmish “Tib qonunlari”, “Ash-shifo” va boshqa asarlarida ham o‘z ifodasini topgan



Yüklə 25,46 Kb.
səhifə5/8
tarix16.12.2022
ölçüsü25,46 Kb.
#75487
1   2   3   4   5   6   7   8
1403951030 49111

Abu Ali ibn Sino axloq haqidagi qarashlari uning shoh asarlari bo‘lmish “Tib qonunlari”, “Ash-shifo” va boshqa asarlarida ham o‘z ifodasini topgan.

Ibn Sino ta‘limotiga ko‘ra, odamga do‘st tutinishning uch xil yo‘li bor: “Birinchidan, har qanday qiyinchilik bo‘lishiga qaramay, kishi o‘z do‘stini falokatdan qutqarishni, ikkinchidan, g‘oyaviy yaqinlik va dunyoqarashlar umumiy bo‘lgan chinakam va doimiy do‘stlikni va uchinchidan esa kishining mansabi, puli yoki mavqeiga qarab o‘zining shaxsiy manfaatini qondirish ko‘zda to‘tilgan do‘stlik bo‘ladi”,-deb ta‘kidlaydi Ibn Sino

O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan biri Yusuf Xos Hojibning asarlarida ham axloq madaniyati keng o‘rin egallagan.

Mutafakkir “Qutadg‘u bilig” dostonida hokim bilan xalq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga e‘tibor beradi. Uning fikricha, agar beklar tabiatan ezgu bo‘lsalar, barcha fuqorosi boyiydi, olam guliston bo‘ladi. Shuningdek: “Hamma narsalarning qoidasi, tartibi, ta‘limi bor, tartib, odob qoidalarini to‘g‘ri tutsa, kishining yo‘zi yorug‘ bo‘ladi”,-deb ta‘kidlaydi.

Inson kamolatining fazilatlaridan hisoblangan adolat tushunchasi va adolat tuyg‘usi Alisher Navoiy donishmandligining asosini tashkil etadi. Uning fikricha, ongning mavjudligi adolatning mavjudligidir. Adolatsiz ong ong emas. Insoniyat tirikligining davomiyligini ta‘kidlaydigan birdan-bir narsa ham adolatdir.

Axloq g‘oyasi Bolaning ma‘naviy tarbiyasi va yetukligining asosi hisoblanadi.

“Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go‘zalroq va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Odobli odam o‘z tengdoshlari orasida ham tahsinga sazovor bo‘lib hech qanday ehson bermay kattadan-kichik, hammani shod qiladi: hech qanaqa hadya qilmay, kishilarning g‘amini tarqatadi.

Odob-kichik yoshlilarni kattalar duosiga sazovor etadi, yoshlar u duo barakasidan umrbod bahramand bo‘ladilar. Odob-ulug‘lar ko‘nglida yoshlarga mehr uyg‘otadi va u odobli yoshga bo‘lgan muhabbat ko‘nglida abadiy qoladi. Yoshlarni ko‘piga ulug‘ qilib ko‘rsatadigan fe‘l-atvor odobdir, odoblilarning yurish-turishida xalq ulug‘vorlik ko‘radi.

Odob-kishilar tarafidan qilinishi mumkin bo‘lgan hurmatsizlik eshigini bekitadi va odamni hazil-mazaxdan, kamsitishdan saqlaydi. Odob-odam tabiatiga insoniylik baxsh etadi.


Yüklə 25,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin