Оёқ панжаси. Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix16.10.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#156310
1   2   3   4   5   6   7
Oyoq panjasi

Medial kaft arteriyasi
medial muskullararo to‘siq orasida joylashadi, keyin 
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskul orasidan 
o‘tib yuza va chuqur shoxlariga (
rr. superficialis et profundus
) bo‘linadi. 
Yuza shoxi
bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskulni teshib o‘tib oyoq panjasi 
medial yuzasi teri osti kletchatkasida tarmoqlanadi, bosh barmoq asosigacha bo‘lgan 
terini qon bilan ta’minlaydi. 
Chuqur shoxi
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va bosh barmoqni 
uzoqlashtiruvchi muskul orasidan o‘tib bosh barmoqning medial yuzasi tomon 
yo‘naladi, va bu erda birinchi kaft arteriyasi bilan anastomozlashadi. 
Lateral kaft arteriyasi
lateral muskullararo fassial to‘siq bo‘ylab joylashadi, 
barmoqlarni bukuvchi kalta muskul va oyoq panjasining kvadrat muskuli orasidan o‘tib 
V kaft suyagi asosiga etib keladi, 
arcus plantaris
hosil qiladi. 


Оёқ панжаси. 
Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Oyoq panjasi ravog‘i bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskulning qiyshiq 
boshchasi va suyaklararo muskullar orasidan o‘tib birinchi barmoqlararo tirqish 
sohasida oyoq kaft usti arteriyasining kaft tarmog‘i bilan anastomozlashadi. 
Oyoq panjasi ravog‘idan 
aa. metatarsals plantares
chiqadi, ulardan o‘z navbatida 
aa. digitales plantares communes
hosil bo‘ladi, ular esa 
aa. digitales plantares propriae 
ga bo‘linadi. 
Katta boldir nervi
(
n. tibialis
) tovon kanali ichida medial va lateral oyoq kafti 
nervlariga (
n. plantaris medialis et n. plantaris lateralis
) bo‘linadi. 
Medial oyoq kaft nervi
(
n. plantaris medialis
) shu nomli arteriya bilan birga 
joylashadi, bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskulga, bosh barmoqni bukuvchi kalta 
muskulga, barmoqlarni bukuvchi kalta muskulga va ikkita medial chevalchangsimon 
muskullarga tarmoqlar beradi, shuningdek umumiy oyoq kaft nervlarini (
nn. digitales 
plantares communes
) hosil qiladi, ular o‘z navbatida, xususiy oyoq kaft nervlariga (
nn. 
digitales plantares proprii
) ajraladi; bu nervlar birinchi uchta barmoqning va IV 
barmoqning yarmi kaft yuzasini innervatsiya qiladi. 

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin