Оёқ панжаси.
Gulmanov Ilich Djumabaevich. Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Oyoq panjasi ravog‘i bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi
muskulning qiyshiq
boshchasi va suyaklararo muskullar orasidan o‘tib birinchi barmoqlararo tirqish
sohasida oyoq kaft usti arteriyasining kaft tarmog‘i bilan anastomozlashadi.
Oyoq panjasi ravog‘idan
aa. metatarsals plantares
chiqadi, ulardan o‘z navbatida
aa. digitales plantares communes
hosil bo‘ladi, ular esa
aa. digitales plantares propriae
ga bo‘linadi.
Katta boldir nervi
(
n. tibialis
) tovon kanali ichida medial va lateral oyoq kafti
nervlariga (
n. plantaris medialis et n. plantaris lateralis
) bo‘linadi.
Medial oyoq kaft nervi
(
n. plantaris medialis
) shu nomli arteriya bilan birga
joylashadi, bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi muskulga, bosh
barmoqni bukuvchi kalta
muskulga, barmoqlarni bukuvchi kalta muskulga va ikkita medial chevalchangsimon
muskullarga tarmoqlar beradi, shuningdek umumiy oyoq kaft nervlarini (
nn. digitales
plantares communes
) hosil qiladi, ular o‘z navbatida, xususiy oyoq kaft nervlariga (
nn.
digitales plantares proprii
)
ajraladi; bu nervlar birinchi uchta barmoqning va IV
barmoqning yarmi kaft yuzasini innervatsiya qiladi.
Dostları ilə paylaş: