Lateral oyoq kaft nervi
(
n. plantaris lateralis
)
shu nomli arteriya yonida
joylashadi, oyoq kaftining kvadratsimon muskulini, jimjiloq muskullarini, ikkita lateral
chuvalchangsimon
muskullarni,
suyaklararo
muskullarni,
bosh
barmoqni
yaqinlashtiruvchi
muskulni innervatsiya qiladi,
bulardan tashqari nervdan
r.
supetficialis n. plantaris lateralis
chiqadi, undan o‘z navbatida umumiy barmoq nervlari
(
nn. digitales plantares communes
hosil bo‘lib, keyinchalik xususiy barmoq nervlari
nn.
digitales plantares proprii
yuzaga keladi; ular jimjiloqning
kaft yuzasini va IV
barmoqning lateral qismi terisini innervatsiya qiladi.
Limfa suyaqligi
oyoqning kaft sohasidan yuza venalar bo‘ylab
joylashgan
limfatik tomirlar orqali oqib ketadi. Oyoq panjasining medial
cheti limfatik tomirlari
oyoqning katta teri osti venasi bo‘ylab chov limfatik tugunlariga etib keladi. Oyoq
panjasining tashqi yuzasi limfa tomirlari oyoqning kichik teri osti venasi bo‘ylab taqim
osti limfatik tomirlariga qo‘shiladi.