OEK 61- guruh talabasi Majidov Samandar 1-masala. Robinzon 8 soat davomida kokos yong’og’i terimi bilan mashg’ul bo’lsa, u holda 80 ta kokos tera oladi, lekin baliq ovlay olmaydi. Agar u 8 soatning bir soatini baliq ovlashga sarflasa 70 ta kokos yong’og’i va 5 kg baliq ovlaydi. Robinzonning bir kunlik ishlab chiqarish variantlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Robinzonning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’ini va 8 soatlik ish kunida kokos va baliq ishlab chiqarishning barcha kombinatsiyalarini aniqlang?
Javoblari:
K(8-Tk)+70(Tb/5)=KB (Ishlab chiqarishning umumiy funksiyasi).
2-masala. Ozod va Omon stul bilan stol ishlab chiqaradi. Ozod 1 dona stul ishlab chiqarishga 1 soat, 1 ta stol ishlab chiqarishga 2 soat vaqt sarflaydi. Omon esa 1 dona stul ishlab chiqarishga 2 soat, 1 ta stol ishlab chiqarishga 1 soat vaqt sarflaydi.
a) Agar ular bir kunda 10 soat ishlasalar, Ozod va Omonning ishlab chiqarish imkoniyatlari topilsin.
b) Ularning birgalikda ishlaganlaridagi ishlab chiqarish imkoniyatlari aniqlansin.
v) Omon yangi texnologiyadan foydalana boshladi. Natijada u 2 ta stul ishlab chiqarishga 1 soat, 3 ta stol ishlab chiqarish uchun xam 1 soat vaqt sarflaydigan bo‘ldi. Omonning yangi texnologiyadan foydalangandagi hamda ularning xamkorlikdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i grafikda aks ettiring.
Javoblari: Ozod va Omonning ishlab chiqarish imkoniyatlari:
Ozod: x + 2y = 10
Omon: 2x + y = 10
Ularning birgalikda ishlaganlari:
3x + 3y = 10 (Ozod va Omon ishlab chiqarish imkoniyatlari yig’indisi).
v) Omonning yangi texnologiyadan foydalanganining va yangi xamkorlikdagi ishlab chiqarish imkoniyatlar:
2x + y = 10
x + 3y = 10