Mustaqil ish tayyorlash damida shuni xulosa qildimki, amaliy dasturlar foydalanuvchi tomonidan aniq amallar bajarilishini ta`minlaydi. Amallarga misol keltirsak unga matn kiritish, rasm chizish, fototasvirlarni qayta ishlash mumkin. Microsoft Office dasturlar paketi o`z ichiga bir necha amaliy dasturlarni mujassamlashtirgan. Bu dasturlarga Microsoft Word matn muxarriri, Microsoft Excel elektron jadvali, Microsoft Power Point taqdimotchisi, Microsoft Access ma`lumotlar ombori, Microsoft FrontPage Web sahifalarni tayyorlovchisi va Outlook Express elektron pochta orqali ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish maqsadida ishlatiladigan dasturlar kiradi.