Og’ir beton tarkibini loyihalash



Yüklə 7,82 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü7,82 Kb.
#200476
78 20 temir beton


Og’ir beton tarkibini loyihalash .
Reja
1.Beton tarkibini loyihalaganda ishlatiladigan materiallar.
2. Beton tarkini aniqlash.
3 .Beton xususiyatlari.
4. Xulosa.
5. Foydalanilgan adabiyotlar.
Beton tarkibi loyihalanganda ishlatiladigan materiallar o’rtasidagi nisbat shunday topilishi kerakki, natijada, tayyorlash texnologiyasi ham nazarda tutilganda, konstruksiyadagi betonning mustahkamligi, beton qorishmasining harakatchanligi va betonning tejamli bo’lishi (tsement sarfini minimal kamaytirish) kafolatlanishi lozim.
Beton tarkibini aniqlash quyidagilarni o’z ichiga oladi: a) konstruksiyaning turi, qanday sharoitda ishlatilishi va tayyorlanish usulidan kelib chiqqan holda betonga qo’yiladigan talabni belgilash; b) beton uchun material tanlash va ularning xususiyati bo’yicha kerakli ma’lumotni olish; v) betonning birlamchi tarkibini aniqlash; g) namuna uchun qorilgan beton tarkibini tekshirish; d) beton tayyorlashni nazorat qilish; e) tayyorlash vaqti, to’ldiruvchilar xususiyati va boshqa omillar o’zgarganda uning tarkibiga tuzatishlar kiritish.Beton tarkibini birlamchi aniqlash beton mustahkamligining sement faolligi, suv-sement omili, ishlatiladigan materiallarning sifati, beton qorishmasi harakatchanligining suv sarfi va boshqa omillarga bog’liq bo’lishi asosida amalga oshiriladi.Beton xususiyatlari va beton qorishmasining uning tarkibiga qay darajada bog’liq еkanligini aniq belgilash uchun, agar imkon bo’lsa, dastlabki sinov ishlari o’tkaziladi. Bu holda tajribani rejalashtirish va uning natijalarini o’rganishning matematik usullarini ishlatish tavsiya еtiladi.Beton mustahkamligiga qanday talab qo’yilganligi ish chizmalarida ko’rsatiladi. Beton qorishmasining harakatchanligi (bikirligi) konstruksiyaning o’lchami, armaturalarning qalinligi, beton quyish va uni joylashtirish usullaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.Betonning bikirligi standart konus va texnik viskozimetrlarda ko’rsatilgan.Tarkibidagi sement miqdori yetarli bo’lgandagina beton qorishmasining joylanishi oson bo’ladi. Sement miqdorining belgilangan darajadan kam bo’lishibeton qorishmasining ajralishi, unda mikro bo’shliqlar paydo bo’lishi va xizmat muddatining kamayishi xavfini oshiradi.
Beton qorishmasining harakatchan va mustahkam bo’lishiga talablar.

Xulosa.

Men bu mavzuda o’zim bilmagan narsalarni bilib oldim va bilim va ko’nikmalarimni oshirdim.

Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. uz.m.wikipedia.org.




  1. Lex.uz




  1. Beton va temir beton konstruksiyalari.. N.H. Akramov

Yüklə 7,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin