Og’ir va agonal xolatdagi bemorlarni parvarish qilish, tez tibbiy yordam berish, suniy nafas, (og’iz – og’iz, og’iz burun) oldirish usullari, yurakni bevosita uqalash usullari, markaziy kislorod, kislorod yostiqchalarini qo’llash uslublari
Og’ir va agonal xolatdagi bemorlarni parvarish qilish, tez tibbiy yordam berish, suniy nafas, (og’iz – og’iz, og’iz burun) oldirish usullari, yurakni bevosita uqalash usullari, markaziy kislorod, kislorod yostiqchalarini qo’llash uslublari. O’lim belgilari.
Terminal holat
Terminal holat (lat. terminalis ohirgi, chegara holat) – bu hayot va o’lim o’rtasidagi chegara holat bo’lib, hayotiylik ko’rsatkichlarini kritik darajada buzilishi qon bosimining keskin tushib ketishi, metobolizm va havo almashinishining chuqur buzilishi bilan kechadigan holat. Terminal holatlarni keltirib chiqaruvchi omillaridan jarohatlar, kuyishlar, elektr bilan jarohatlanish, cho’kish, mexanik asfiksiya, miokard infarkti, yurak ritmini o’tkir buzilishi, anafilaksiya (hashoratlarni chaqishi, dorilarni yuborilishi) bo’lib hisoblanadi. Yurak to’xtashini patogenezi bitta etiologik faktor ta’sirida bo’lishi mumkin. Sirtmoq xiqildoqni yuqori sohasida siqilishi sababli mexanik asfiksiyada dastlab nafas olishni reflektor to’xtashi to’g’ridan to’g’ri karotid sinuslarni bosilishi sababli kelib chiqadi. Boshqa holatlarda bo’yinni yirik tomirlari, traxeyani bosilishi, ayrim xollarda bo’yin umurqalarini sinishi, yurak to’xtashiga bir muncha boshqacha patogentik ko’rinish beradi. Cho’kish vaqtida suv tezda nafas yo’llarini to’ldirishi mumkin, bu alveolalardagi oksigenatsiya jarayonini to’xtatadi. Boshqa holatlardagi o’limlarda ovoz tirqishini kritik spazmi sabali gipoksiyani kritik darajasi kelib chiqadi. Tana orqali elektr tokini o’tishida, hayotiy funksiyalarni kritik buzilishi mexanizmi kuzatiladi.