Terminal xolatni uch bosqichli tasnifi keng tarqalgan: predagoniya, agoniya, klinik o’lim. Undan tashqari, reanimatsion muolajalardan keyingi holat ham kiritiladi.
Predagonal holat
Predagonalholat: umumiy karaxtlik, hushida emas, qon bosimi aniqlanmaydi, pereferik qon tomirlarda puls aniqlanmaydi, lekin son va uyqu arteriyalarida aniqlanadi; nafas olishni buzilishi xansirash, sianoz va teri qoplamlari va shilliq qavatlarini rangparligi kuzatiladi.
Agonal holat
Agonal holat: quyidagi simptomokompleks asosida aniqlanadi: hushini yo’qligi va ko’z reflekslarini yo’qligi, qon bosimi aniqlanmaydi, yirik arteriyalarda juda sust va pereferik tomirlarda aniqlanmaydi; auskultatsiyada yurak tonlari sust eshitiladi; EKGda yurak ritmini buzilishi va gipoksiya belgilari qayd qilinadi.
Klinik o’lim
Klinik o’lim: qon aylanishini butunlay to’xtashidan keyin, nafas va markaziy nerv sistemasini funksional aktivligini yo’qolishi bilan qayd qilinadi. O’pkalarni ishlashini to’xtashidan so’ng almashinuv jarayonlari keskin susayadi, lekin anaerob glikoliz hisobiga to’liq to’xtamaydi. Shu sababli klinik o’lim holatidan qaytarish mumkin, uni davomiyligi nafas va qon aylanishini to’liq to’xtashidan keyingi bosh miyani yashashi bilan bog’liq bo’ladi.