OG’ishgan xulq turlarini tasniflash reja Axloqiy oqishlarni tasn-fayllar.org
Axloqiy fenomenlarning qiyosiy tavsifnomasi Axloqiy deviatsiya tasniflarini taqqoslab, biz turli axloqiy fenomenlarning farqli xususiyatlarini anchagina aniq ifodalashi mumkin.
Ijtimoiy axloqning asosiy variantlari:
Me’yoriy («standart») axloq– ko’pchilik odamlar uchun xarakterli bo’lgan ijtimoiy me’yorlarga mos tushadi, atrofdagilarning ma’qullashini uyqotadi va me’yoriy moslashuvga olib keladi. Umuman olganda, u garchi individuallikdan maqrum bo’lsa-da, vaziyatga teng, mahsuldor.
Marginal (cheklangan) axloq – ijtimoiy me’yorlarning eng oxirgi chegarasida turadi, me’yor chegaralarini yuvadi va kengaytiradi, atrofdagi odamlarda zo’riqish tuqdiradi.
Nostandart («nome’yoriy») axloq – ushbu jamiyatda ushbu vaqtda qabul qilingan kamchilik odamlarga xos me’yorlar chegarasidan chiqadi. Ikki asosiy shaklda namoyon bo’ladi:
– kreativ (ijodiy) axloq – yangi qoyalarni amalga oshiradi, o’ziga xos, mahsuldor, taraqqiyparvar, me’yorning o’zini o’zgartirishga olib kelishi mumkin, biroq qator qollarda atrofdagilarning qarshiligini uyqotadi;
– deviant (og’ishgan) axloq – mahsuldor emas, destruktiv yoki autodestruktiv, atrofdagilarning ma’qullamasligini uyqotadi.
4. Patologik axloq – tibbiy me’yorlardan oqishadi, aniq simptomlar shaklida namoyon bo’ladi, mahsuldorlik va shaxsning ishga layoqati tushib ketadi, atrofdagilarning qayrixoqligi yoki qo’rquvini. Patologik axloq vaziyatga teng emas, u shaxsning o’z harakatlarini anglash va ularni boshqarish qobiliyatining pasayishi bilan birga boradi.
Nazorat vazifalari
Axloqiy oqishlarning yagona tasnifini yaratishda qiyinchilik tuqdiruvchi sabablarni ayting.
Ijtimoiy oqishishlarning asosiy turini sanab bering.
Axloqiy buzilishlarning (kattalar va bola-o’smir yoshidagilar uchun) Kasallarni o’ninchi qayta ko’rish Xalqaro tasnifiga muvofiq asosiy ko’rinishlarini ayting.
Shaxsning og’ishgan xulqini psixologik tizimlashtirishdagi asosiy yutuqlar va kamchiliklarni ifodalang.
Axloqiy oqishlarning ishchi tasnifini yodga oling.
Og’ishgan axloq ko’rinishlarida o’z tasnifingizni taklif qiling.
Turli axloqiy fenomenlarni sanab bering va taqqoslang.
http://fayllar.org