O'g'itlar me'yorini belgilash



Yüklə 169,86 Kb.
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü169,86 Kb.
#207709
  1   2   3   4   5   6   7
Bozorboyev-Shohruxbek.- 1


O'g'itlar me'yorini belgilash.
Abduxakimova Xusnidaxon Farg'ona davlat universiteti PhD
Bozorboyev Shohruxbek Farg'ona davlat universiteti Eksperimental agrokimyo mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Abaraliyeva Sarvinoz Farg'ona davlat universiteti Eksperimental agrokimyo mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Mamatova Gulzoda Farg'ona davlat universiteti Eksperimental agrokimyo mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
Annotatsiya:Ushbu maqolada O'simliklarni o'g'itlashda amalga oshiriladigan chora tadbirlar,o'g'itlash meyori belgilash,o'simlikni o'g'itlashda ishlatiladigan o'g'itlar turlari hamda ularning miqdorlari haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:O'g'itlar,azotli o'g'itlar,ammoniy nitrat,g'o'za o'simligi,ekinlardan yuqori hosil olish.
Almashlab ekishda o’g’itlash tizimini ishlab chiqishda eng muhim va murakkab masalalardan biri o’g’itlash meyorini belgilashdir.Respublikamizda yetishtiriladigan ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish uchun qishloq xo’jaligiga ko’p miqdorda mineral va mahalliy o’g’itlar yetkazib berilmoqda. O’g’it meyorlarini to’g’ri belgilash agrokimyo va o’g’it qo’llash tizmi fani va amaliyotining asosiy vazifasi bo’lib qolmoqda. O’g’itlarni qo’llash tizimini tuzishda har bir ekin turi bo’yicha o’g’itlar meyorini aniqlash juda muhimdir. O’g’itlar meyorini aniqlashda o’simlik-tuproq-o’g’itlar o’rtasidagi bog’liqlikni bilish zarur. Bu bog’lanish qanchalik aniq bo’lsa, ekinlardan olinadigan hosildorlik va har bir kilogramm o’g’ithisobiga yetishtiriladigan qo’shimcha mahsulot miqdori ham aniqlaniladi. Har xil turdagi ekinlar uchun o’g’itmeyorini belgilashda mahalliy qishloq xo’jaligi va ilmiy muassasalarning tavsiyalaridan yoki ma’lumotnoma adabiyot-larida ko’rsatilgan miqdorlardan foydalanish mumkin. Ilmiy tekshirish institutlarining ma’lumotiga ko’ra mineral o’g’itlar meyoriga mos ravishda qo’shimcha hosil shakllanadi. Meneral o’g’itning hosilga hissasi g’alla ekinlariga 11,0-37,9 %, kartoshkada 18,5-26,8 %, qand lavlagidan 17,5-26,0 %, paxtada 22,8-51,8%, zig’irda 20,4-25,0% ni tashkil etadi. Qo‘shimcha hosildagi NPK hissasi ham turlicha bo‘ladi. Iqlim sharoitiga qarab NRK ning hosildagi hissasi o‘zgarib turadi.



Yüklə 169,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin