O‘g‘itlar meyorini belgilash



Yüklə 135,41 Kb.
səhifə3/5
tarix22.12.2023
ölçüsü135,41 Kb.
#189407
1   2   3   4   5
1453045938 63589

Kartoshka


120-150

120-150

100

60

100-120

120-150

60-80

Pomidor

280-300

180-200

140-150

90-100

140-180

140-150

100

Karam

250-300

150-200

100-150

75-100

120-150

140-150

80-100

Piyoz

200-220

250

150

75

160

160

80

Bodring

200-250

150-200

100-150

50-75

120-150

120-150

60-75

Sabzi

150-200

120-150

80-100

40-50

80-100

100-120

50-60

Poliz ekinlari

250-300

100-150

100-150

50

80-100

100-120

50-60

Dala tajribalaridan olinadigan natijalar ishlab chiqarish sharoitida olinadigan hosildorlikdan sezilarli darajada yuqori bo‘lishi (masalan, g‘alla ekinlarida 30 foiz, kartoshkada 50 foizgacha)ni albatta hisobga olish kerak.


Tavsiya qilingan fosforli va kaliyli o‘g‘itlar meyoriga tuproqlarning harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganligiga qarab tegishlicha tuzatish koeffitsiyentlari kiritiladi. Tuproqdagi azot miqdori bo‘yicha agrokimyoviy haritanoma tuzilmasligi sababli azot meyoriga tuzatish fosfor miqdori asosida belgilanadi.
3. O‘g‘itlar meyorini balans usulida aniqlash. Rejalashtirilgan hosil uchun o‘g‘itlar meyorini hisoblashlar yo‘li bilan ham aniqlash mumkin. Mazkur usul asosida hosilning shakllanishi uchun sarflanadigan oziq elementlari hamda tuproqva o‘g‘ittarkibidan o‘zlashtiriladigan oziq elementlari miqdorini taqqoslash yotadi.
Ma’lum bir miqdordagi hosil bilan tuproqdan o‘zlashtirib ketiladigan oziq moddalarining miqdori doimiy bo‘lmasdan, ekinlarni yetishtirish sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Shuning uchun hisoblash ishlarida o‘zlashtirilib ketiladigan oziq elementlari miqdorini belgilash uchun xo‘jalikda yoki unga yaqin ilmiy muassasalarda olingan ma’lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Go‘ng va mineral o‘g‘itlar tarkibidagi azot, fosfor va kaliyning o‘zlashtirilish koeffitsiyentlari ham ekin turi, tuproq-iqlim sharoitlari, o‘g‘itlarni qo‘llash dozasi, muddati va usullari ta’sirida sezilarli darajada o‘zgaradi.
O‘g‘it meyorini belgilashda albatta o‘g‘it ishlatilmagan sharoitda shakllanadigan hosil miqdori yoki shu davrgacha qo‘llanilib kelinayotgan o‘rtacha o‘g‘it meyori aniq bo‘lishi kerak.
Rejalashtirilgan hosil uchun o‘g‘itlar meyorini hisoblashda tuproqtarkibidagi harakatchan shakldagi oziq elementlarining olib chiqib ketiladigan qismi ham hisobga olinadi. Lekin, tuproqdagi harakatchan oziq elementlaridan foydalanish koeffitsiyenti doimiy kattalik bo‘lmasdan fosfor uchun 2 dan 20 foizgacha, kaliy uchun esa 10 dan 55 foizgacha o‘zgarib turadi. Shuning uchun bu ko‘rsatkichlardan faqat tajriba ma’lumotlari mavjud bo‘lgan hollardagina foydalanish mumkin.
4. Mineral o‘g‘itlar meyorini belgilashning uyg‘unlashtirilgan usuli. Ushbu usulda rejalashtirilgan hosil, tuproqning oziq elementlari bilan ta’minlanganligi, bonitirovka balli, o‘g‘itlar ustida o‘tkazilgan tajribalarning natijalari, o‘tmishdosh ekin va tuproqning bir qator xossalari yotadi.
Bunda qo‘yidagi tartibda ish yuritiladi:
1.hosildorlik belgilanadi:


Х = хрхвблўр
Bu yerda,
Х – muayyan sug‘oriladigan maydon uchun hisoblangan hosil, s/ga;
Хр – rejalashtirilgan hosil, s/ga;
Вбл – sug‘oriladigan maydonning bonitirovka balli;
Вўр – xo‘jalik uchun chiqarilgan o‘rtacha bonitirovka balli.

O‘rtacha bonitirovka balli (bur) qo‘yidagicha hisoblanadi:





Yüklə 135,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin