Tavsiya etiladigan o‘g‘itmeyorlariga muayyan tuproq, xo‘jalik sharoitlari hamda rejalashtirilgan hosil asosida tegishli aniqlik va o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘g‘itmeyorini rejalashda xo‘jaliklarning mineral o‘g‘itlarni harid qilishga bo‘lgan iqtisodiy ahvoli hamda to‘planadigan mahalliy o‘g‘itlar miqdoriga ham alohida e’tibor beriladi. O‘g‘itlarning maqbul, oqilona va eng yuqori meyorlari farqlanadi.
O‘g‘itlashning maqbul meyorideb, har gektar maydondagi tuproqunumdorligini saqlagan yoki oshirib borgan hamda yuqori va sifatli hosil hamda yuqori darajada sof daromad olish uchun kerak bo‘ladigan o‘g‘itmiqdoriga aytiladi. Ma’lumki, o‘g‘itmeyorining ortib borishiga bog‘liq ravishda hamma vaqt ham qo‘shimcha hosil miqdori ham oshib bormaydi, aksincha ma’lum bir meyordan keyin qo‘shimcha hosil miqdorini kamayishi kuzatiladi.
O‘g‘itlashning oqilona meyori – ishlab chiqarishning muayyan tashkiliy-xo‘jalik sharoitida bir gektar maydondan imkon qadar yuqori hosil olishni va shu bilan bir qatorda ma’lum miqdordagi iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigan o‘g‘itmeyoridir.
O‘g‘itlashning eng yuqori meyori deganda, talab darajasidagi sifatga ega bo‘lgan, maksimal miqdordagi hosil yetishtirish uchun qo‘llaniladigan o‘g‘itmeyori tushuniladi. O‘g‘itlashning bu usuli xo‘jaliklar o‘g‘itbilan juda yuqori darajada ta’minlangan hollardagina o‘zini oqlashi mumkin. Hozirgi vaqtda o‘g‘itmeyorlarini belgilashning bir qator usullari mavjud.
2. O‘g‘itmeyorini dala tajribalarining natijalari va agrokimyoviy haritanoma ma’lumotlari asosida belgilash. Respublikamizdagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan o‘tkazilgan dala tajribalari natijalarini umumlashtirish asosida turli ekinlar uchun umumlashtirilgan o‘g‘itmeyorlari ishlab chiqilgan
Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshka uchun tavsiya etilgan mineral o‘g‘itlar meyori, kg/ga