Oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillar mamatqobilova Shodiya Azamat qizi



Yüklə 25,72 Kb.
tarix25.08.2023
ölçüsü25,72 Kb.
#140492
4 sho\'ba Mamatqobilova Shodiya


OILA MUSTAHKAMLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR
Mamatqobilova Shodiya Azamat qizi
Termiz davlat universiteti,
Pedagogika fakulteti 301-guruh talabasi
E-mail: mamatqobilovashodiya@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada oila mustahkamligiga ta’sir etuvchi omillar va ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish usulari bayon etilgan.
Kalit so’zlar: oila, oila qurish tartib qoidalari, yoshlarning yangi oilaga moslashuvi, oilaviy munosabatlar, salbiy va ijobiy jarayon natijalari.
Oila bu muqaddas dargoh. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, qadryatlar rivojini taminlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Unda xalq ruhi, qadryatlar ko’zgusi nomoyon bo’ladi. Oila mehr bulog’i. Undagi totuvlikning ta’minlanishi yoshi ulug a’zolariga bog’liq hisoblanadi. Biz o’zbek xalqi ham oilaga yuqori darajada ta’rif berib, uning qadr-qimmatini yanada oshirib kelmoqdamiz. Mamlakatimizda ham oilaviy munosabatlarni yanada yaxshilash uchun maqsadli ishlar amalga oshirish ko’zda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarori IV bob 15-bandida quyidagi ish maqsad qilingan “Oilada ma’naviy-axloqiy qadryatlarni mustahkamlash maqsadida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal etishning huquqiy va pedagogik-psixologik asoslarini o’rnatish, ajralishlar oldini olishda “Ota-ona farzandini voyaga yetguniga qadar boqish va tarbiyalash uchun javobgar” prinsipi asosida “Ota-onalik – baxt va burch” targ’ibot tadbirlarini tashkil etish ”. Qaror ijrosi bosqichma-bosqichlikda asosida ishlar olib borilmoqda. [1]
Xalqimizda oila qurish tartib-qoidalariga uzoq yillar davomida sayqal topib, amal qilinib kelingan. Avvalo oila qurish uchun kuyov tomonidan taklif kiritiladi. Ungacha bo’lgan davrda esa uylanish uchun to’rt narsaga e’tibor berish lozimligi xalqimiz buyuk mutaffakkir olimi Abdurauf Fitrat “Oila” nomli asarida keltirilib o’tilgan. Ular: mol, nasab, husn, iymoni-etiqod. Uylanish orzusida bo’lgan er bilan xotinning mol (boyligi) lari va nasablari teng bo’lishi lozim. Aks holda er bilan xotin bir-birlariga teng bo’lmay, biri boy bo’lsa, ikkinchi tomon faqirlik va zoti pastligini ayblab, hayotini mudom azobga qo’yadi. Xususan, islomiy tarbiyadan chetda qolgan oila boylik bilan ortiqcha faxrlanadilar. Ayni shu talabga ko’ra mol-dunyo ham oilalar buzilishiga sabab bo’lmoqda. Oila boshqaruvchilari kelin yoki kuyovning boyligi, mansabiga emas, ma’naviyati, ilmi, tarbiyasi, axloqida e’tibor qaratilsa, ular tarbiya etgan farzand ham komil, yurti uchun zarur shaxs bo’lib yetishadi. Jamol (husn) bu ko’rinish demakdir, qarayotgan kishi nazarida chiroyli ko’rinib, uning qalbini o’ziga moyil qilish demakdir. Qalbda paydo bo’lgan bu moyillik muhabbat deyish mumkin. Hayotda do’st, baxt va baxtsizlikda sherik, g’am-qayg’u paytida yor bo’lishini istagan erkak va ayol shaxsiy va ijtimoiy vazifalarini birgalikda bajarishlari kerak. Ularning o’rtalaridagi ana shu moyillik va muhabbat bo’lmasa uylanish o’z-o’zidan zararga aylanadi. Ayni shu talab dinimiz muqaddas kitobi Qur’oni Karimda ham bo’lajak oila quruvchi yoshlardan shaxsiy xohishlari so’ralishi talab qilingan. Majburiylik inkor etilgan. Mazkur bo’lgan to’rtinchi sifat shulki, har bir erkak va ayol dinimizdan xabardor bo’lishi lozim. Bu allohni tanish, Haqdan qo’rqishdir. Er-xotin diyonatli va a’lo axloqqa ega bo’lsalar shu ahd-u paymonlariga bir umr sobit qoladilar. Va’dalarida sodiq qolishadi. Mol va nasabni tashqi tamondan aniqlash mumkin. Lekin axloqni kelin va kuyovning muloqotlari orqali aniqlaniladi. Ularning yaxshi axloqli bo’lishi kerakki, ular avlod tarbiyachisi hisoblanadi. Yuqorida sanab o’tilgan talablar asrlar davomida rioya etilib kelinishidan fozil shaxslar tarbiya eruvchi oilalar kam emas. [2-23, 24, 25]
Davlat, jamiyat rivojlanishining ilk maskanlaridan biri. Unda barkamol shaxs tarbiya topadi, millat davomiyligi saqlanadi va turli xalqona munosabatlar aks etadi. Davr shiddat bilan tarqqiyot odimlariga hamohang ravishda oilaning ham azaliy mohiyati ham o’zgarib bormoqda. Yuksak o’zgarishlarga qaramay millatimizning oilaga nisbatan beradigan bahosi hamon yuksakdir. Elimiz har qanday zamonda ham qadryatlarimiz bilan qaddini rostlab kelgan. [4. - 15]
Mustaqillik yillaridan boshlab dimokratik davlat qurish, inson istak-xohishlarini yuqori darajaga qo’yish maqsad qilib olindi. Xalqaro aloqalar natijasiga bizning davlatimizga ham turli o’zgarishlar kirib keldi. Olimlarning ta’kidlashicha oila tabiat nuqtai nazaridan ancha turg’un, o’zgarmas tizim bo’lgani bois, jamiyat miqyosida ro’y berayotgan o’zgarishlar oila doirasida taxminan 10-30 yillardan keyin aks eta boshlaydi. Shundan kelib chiqib bizda ham oilaga bo’lgan qarashlar sekin-astalik bilan o’zgarib bormoqda. Sanoat qanchalik rivojlansa o’sha yerda oilaviy munosabatlar nisbatan tarqoq bo’ladi. Oilada ijobiy muhit yomonlashishinini keltirib chiqaruvchi turli sabablari mavjuddir. Bu kabi holatlar quyidagi sabablarga ko’ra kelib chiqadi:
Birinchidan, ayolning ya’ni xotin-qizlarning jamiyatda va oilada tutgan maqomlarining o’zgarib borayotganligi, ular malakasining oshib borayotganligi, kasbida yuqori pog’onalarni egallab borayotganligi erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Bu holat ham salbiy, ijobiy hodisalarni keltirib chiqaradi. Oilaning iqtisodiy ahvoli yaxshilanishi, hayot tarsi uchun yengilliklar yarata olishi ijobiy holat deb hisoblasak, o’z oilasi uchun oz vaqt ajratishi, farzand tarbiyasi, sog’ligi, bilim olishini nazoratga olmasligi natijasida turli salbiy holatlar keltirib chiqaradi.
Ikkinchidan, millatimiz qarashlariga ko’ra har bir oila uchun kelin yoki kuyov tanlashda yoshi ulug’lar tavsiyasiga ko’proq tayaniladi. Bugungi kunda esa ko’roq yoshlar o’zlari o’z umr yo’ldoshlarini tanlashi kuzatilmoqda. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rstadiki, o’zi yoqtirib oila qurganlarga qaraganda, ota-ona yaqin qarndoshlari tavsiyasi bilan oila qurganlarda ajralishlar soni nisbatan kamroq kuzatiladi. Bu nima sababdan kelib chiqadi? Psixolog tahlillar shuni ko’rsatadiki, bir-birini yaxshi ko’rib turmush qurganlar nikohgacha bo’lgan davrda bir-birlariga faqat ijobiy tomonlarini ko’rsatishgan bo’lishadi va to’ydan keyin esa erkinlik his qilishib salbiy illatlar ham nomoyon qiladilar. Natijada turli kelishmovchiliklar kelib chiqib oila buzilishigacha salbiy holat kuzatiladi. Ota-ona, sovchilar orqali oila qurishganlar esa bir-birini to’ydan keyin taniydilar va oila shunday bo’ladi kabi qabilda hayotlarini davom ettirishadi.[3.-155]
Uchinchidan, har bir insonning idealidagi shaxs mavjuddir. Oila borasida ham xuddi shunday bolib farzandlar xuddi otasidek turmush o’rtoq yoki onasidek jufti halol istashadi. Oila qurishgach esa istaklaridagi hayotni ko’ra olishmagach turli talablar ortib, kelinning yangi oilaga moslashishi yanada qiyinlashadi. Zero har bir inson o’z baxtini o’zi qurishi, orzusidagi insonni kutib emas taqdir ato etgan umr yo’ldoshini tushinib, o’zaro mehr-oqibatli bo’lib hayot kechirish barcha muammo yechimi hisoblanishi his qila olishlari zarur. [3.-153]
To’rtinchidan, quyidagi holat esa yevropalashgan qarash bo’lib, inson o’z maqsadlarini yo’lida shaxsiy hayotini qurbon qilishi, oila, farzandni so’ngi darajaga tushirib qo’yishi ham kuzatiladi. Buning oqibatida esa tug’ilishlar kamayib borayotganligi natijasida aholi soni keskin pasayishi kuzatiladi. Afsuski, bunday holatlar O’zbekistonning shahar hududlarida ham kuzatilmoqda.
Beshinchidan, oilaviy kelishmovchililarni hal qilishda shoshqaloqlik qilish oqibatida ham ko’p oilalarga darz ketmoqda. Yangi oilaga moslashish kelin uchun o’g’irroq jarayon hisoblanib, yangi oila vakillari dildan yaqin bo’lib unga ko’mak berishi lozim. Dono xalqimiz ham bekorga “Bir niholning yangi joyda o’sib unishga moslashishi uchun yillar kerak bo’ladi” gaplarini aytmagandir. Kelin bu oilada o’zgacha xulq-atvorga ega bo’lgan shaxslar bilan munosabatga kirishadi. Undagi mavjud muhit oldingisiga mos tushmaydi. Buning ustiga yosh oilada yangi kelinga yuklatilgan vazifalar ham ham miqdor ham mazmun jihatdan tubdan farq qiladi. O’zbek oilalarida ayol kishi uchun yuqoridagilardan farqli u o’zini “begona” his etishi ya’ni unda begonalik effektining mavjudligidir. Ko’plab oilalarda bu odatiy hol sifatida qaralmaydi, aksincha kelinga nisbatan salbiy baho sifatida qaraladi. Bu esa ayol uchun muommolarni yanada orttirib ziddiyatlar keltirib chiqaradi. [3.-152]
Oila mustahkamliginiga to’siq bo’luvchi ba’zi sabablar bilan tanishib chiqdik. Bu kabi muommolar har bir davrda ham kuzatilgan, lekin bu masalar yechimi har bir fuqaroga bog’liqdir. Inson taqdiri, kelajak hayoti, yutuqlari yoki muvaffaqatiyatsizligi, baxtli yoki baxtsizligi, kasb tanlashi hattoki kayfiyati uning oilaviy muhiti bilan bog’liqdir. Jamiyatning ma’naviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog’liqligi azaliy haqiqatdir. [2. - 4] Chunki oila jamiyatning ijtimoy ma’naviy bo’g’ini, kichik bir vakili bo’lib, aynan oila zaminida xalqimizning bugungi kuni va kelajagi bunyod etiladi. Oila ahil bo’lsa yurt rivoj topadi. Shunday ekan oilalar ahilligini saqlaylik.


Adabiyotlar ro’yxati

  1. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi” qarori.

  2. Abdurauf Fitrat “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” 2-nashr Toshkent 2000- yil

  3. Shoumarov. G’. B, “Oila psixalogiyasi” 3-nashr Toshkent nashryot-matbaa kompaniyasi bosh tahririyati. Toshkent-2010

  4. Mamatqulov R., Alqarov Sh., Norqulov H.D. Oila pedagogikasi. Toshkent-2009

Yüklə 25,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin