Adabiyotlarni o‘rganish metodi. Oila pedagogikasiga doir
adabiyotlami o‘rganish jarayonida milliy va umuminsoniy
qadriyatlami aks ettiruvchi, mutafakkir va m a’rifatparvar
pedagogik olimlaming asarlari, 0 ‘zbekistonning iqtisodiy,
siyosiy va m a’naviyatiga doir adabiyotlar, Oczbekiston Res-
publikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari risola va maqolalar,
pedagogik, psixologik, badiiy va ommaviy adabiyotlami o‘r-
ganish.
Kuzatish metodi.Kuzatish adabiyotlami o‘rganishdan
keyin boshlanadi. Kuzatishda ota-ona biror maqsadni ko'zda
tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi
tuziladi. Bunda kuzatish tezligi, soni, manzili, vaqti, vazi-
yatni kuzatish, materiallami qayd qilish muddati belgilanadi.
Kuzatish muddatiga ko‘ra ikki turga ajraladi: qisqa va uzoq
muddatli kuzatish. Qisqa kuzatish obyektning kundalik
faoliyatidagi o‘zgarishlardan m a’lum xulosaga kelish. Uzoq
muddatli kuzatish-qo‘yilgan maqsad, reja va dastur asosida
olib borilib, m a’lum ilmiy, yakuniy xulosaga kelinadi. Ku-
zatishning yakunini qayd qilishda kinosyomka, video yozuvi,
televideniya va boshqa texnik vositalardan foydalanish mum-
kin. Kuzatish metodidan to ‘g‘ri foydalanish o ‘quv-tarbiya
jarayonining samaradorligini oshiradi. Yangi ijodiy faoliyatga
boshlaydi.
Suhbat metodi. Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki
hodisalari haqida bilib olish maqsadida ma’lum mas’ul
shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish
jarayonidir. So‘roqlar mavzu doirasida mantiqan, mazmunli,
tartibli, aniq ifodasiga ega bo‘lishi lozim va uni to ‘g‘ri yoki
noto‘g‘riligiga qarab jadval tuzib natijasi aniqlanadi. Suhbat
metodi jarayonida intervyu ham olish mumkin. O'rinli,
mantiqan yuksak javoblar yoki noaniq javoblar magnit
lentalariga yozib boriladi va tahlil etiladi. Yozma javoblami
ommaviy ravishda yig‘ib olish metodi anketa metodi deb
ataladi. Anketalar ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga,
berilgan savollar shakliga, to ‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq
bo‘ladi. Odatda, anketalar anketa ma’lumotlarini EXMda
qo‘llab matematik statistika metodlari bilan ishlashga imkon
beradigan qilib tuziladi. Hujjatlaming yetarli darajada aniqlik
bilan shunday tahlil qilinishi aniq pedagogik jamoalaming
real faoliyatidagi sababli bog‘lanishlari va bog‘liqliklarini
aniqlashga yordam beradi.
Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari.
Xalq donishmandlari oila muammosi va tarbiyasi haqi-
dagi qarashlari juda uzoq tarixiy ildizga egadir. Xalq og‘zaki
va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuv-
larda oila, ota-ona, oilaviy barqarorlik o ‘zaro munosabat ma-
salasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ota-ona behad bo‘ladi xursand,
Farzand bo‘lolsa munosib farzand!
Javhar Zamindar Namozi bomdoddin keyin volidangni
Ziyorat qil va xizmatida bo‘l.
Rushtiy Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko‘proq
yozma pandnomalarda; Kaykovusni «Qobusnoma», «Saodat-
noma», Zahiriddin Muhammad Bobuming «Bobumoma»si,
«To‘ti shoxnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga
doir masalalar ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab
berilgan.