Oila pedagogikasi


 ‘zgalar oldidagi farzandga qaratilgan e’tibor



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

0 ‘zgalar oldidagi farzandga qaratilgan e’tibor
Oldingi faslda farzandga qaratilgan e’tibomi farzandga 
yakkama-yakka holda bildirish maqsadga muvofiqligini aytib 
o ‘tgan edik. Bu odatdagi hoi bo‘lsa-da, shunday vaziyatlar
284


bo‘ladiki, farzandga o‘zgalar oldida ham maxsus e’tibomi 
qaratish zarur bo‘lib qoladi. Bu, ayniqsa, bola kasal bo‘lib 
yoki biron-bir og‘ir ruhiy kechinmalami his etgan paytlarida 
juda asqotadi. Bunday holatga tushgan bola o‘z hissiyotlarini 
va yurish-turishini boshqara olmay qoladi.
Bitta misol keltirsam. Bir kuni xavotirga tushib qolgan 
ota-ona huzurimga 12 yoshli o‘g‘li Timning xulq-atvorini 
yaxshilash haqida maslahat so‘rab keldi. Bu payt ulaming 
uyida yana bir 12 yoshli bola — Timning amakivachchasi 
ham ular bilan birga yashayotgan edi. U juda talabchan bola 
bo‘lib, oiladagi butun e’tibomi o‘ziga jalb qilib olgan ekan. 
Tim bu surbet bola oilada mening o'mimni egallab oldi, 
degan hayolga borib, indamas va o‘ychan bolaga aylangan.
Men ota-onaga ikkala bolaga bir paytning o‘zida diqqat- 
e’tibomi qaratish lozimligi haqida maslahat berdim. Ular 
shunday qilishganda ham, amakivachcha baribir oldingi 
o'ringa chiqib olaveradi.
Shunda men bolalaming har biriga o‘mi bilan e’tibor 
berish lozimligi haqidagi taklif kiritdim. Ular bu ishni udda- 
lashdi. Timning so‘zlash navbati kelganda, ular batamom u 
tomonga burilib, uning ko'zlariga tikilgan holda barcha dalil- 
isbotlarini diqqat bilan tinglashdi. Amakivachchadan biroz 
kutib turishni iltimos qilishdi. Keyin esa uning gaplariga 
quloq tutishdi. Shu tariqa ikkala bolakay ham e’tibordan 
chetta qoldirilmadi.
Farzandga qaratilgan e’tiboming bunday ko‘rinishi, agar 
bolakay yuzma-yuz chog'ida undan manfaat topsa, yaxshigan 
samara berishi mumkin.
Aytmoqchi, men o‘quv jarayoniga hamda har bir o‘quv- 
chining his-tuyg‘ulariga jiddiy ta’sir qila oladigan bu usulni 
o‘qituvchilarga ham o‘rgatganman. Ammo, shuni ham alo-
285


hida aytib o‘tish loZimki, farzandga qaratilgan e’tibor bizda 
ancha ko‘p vaqt ajratishni talab qiladi. Aslida u boladagi 
hissiy bo‘shliqni to‘ldirishga va uning kelajak hayoti-ning 
to‘g‘ri izga solishga yordam beruvchi eng zo‘r vositadir.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin