Oila pedagogikasi


Shariatning mol-mulkka egalik huquqlari va soliqqa oid



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Shariatning mol-mulkka egalik huquqlari va soliqqa oid
tartib-qoidalariga qaratilgan bo‘limi ham diqqatga sazovordir.
Bu bo‘limda shariat qonun va qoidalari, mol-mulkka egalik
qilish va meros huquqi, ijara va kira (ishchi kuchini yo‘llash)
qilish, vaqf va vasiyatga binoan, yerga egalik qilish (zamin-
dorlik) va yemi ijaraga olish, soliqqa oid tartib-qoidalar,
xums, zakot, sadaqa, ushr, ajnabiylardan olinadigan soliqqa
nisbatan o‘z zamonasining siyosatini in’ikos ettiradigan tartib
va qoidalar, qonunlar majmuyining batafsil bayoni berilgan.
Savdo bitimlarini rasmiylashtirish va bekor qilish, hayvon-
lami so‘yish, ovchilik va hatto, baliq ovlash tartib-qoidalari
ham shariat nazaridan chetda qolmagan.
3.3. Oila va nikohning huquqiy kafolat omili
A "'
Oila bo‘lib yashash barcha mahluqotlar orasida faqat
inson zotigagina xosdir. Shu bois oila jamiyatning birinchi va
birlamchi bo‘g‘i hisoblanadi. Shunga ko‘ra hech mubo-
lag‘asiz aytish mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanch
nuqtasi, tayanch tuzilmasidir. Chunki bu muqaddas dargohda
nafaqat inson dunyoga keladi, balki u ma’nan va axloqan
tarbiya topadi.
Binobarin, oila er-xotin, ulaming bolachaqalari, eng
yaqin tug‘ishganlaridan iborat kishilar guruhi, ya’ni xonadon
hisoblanadi. Ayni chog‘da oila odamlaming tabiiy, iqtisodiy,
huquqiy, ma’naviy munosabatlariga asoslangan ijtimoiy
birligi hamdir.
86


Demak, oila jamiyatning tabiiy hujayrasidir, ijtimoiy
asosdir. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham
shunchalik mustahkam bo‘ladi va tez rivojlanadi. Zero,
jamiyat asosi — oila moddiy va ijtimoiy jihatdan mustah-

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin