yuradi. 0 ‘yin kechinmalari aslida bolani haqiqiy hayotga
chiniqtirib boradi.
Bolalarga xalq o‘yinlariga qiziqish uyg‘otish kerak.
Chunki xalq o‘yinlari orqali bolalar o‘z xalqining urf-
odatlarini, madaniyatini va turmushini o‘rganadilar. Oilada
bolalar bilan «Xolam mehmonga kelidi», «Tapur-to‘pur
qayrag‘och», «Aylanma darra», «Bekinmachoq», «Tortish-
machoq» kabi o‘yinlami o‘ynash maqsadga muvofiqdir.
Harakatli o‘yinlami ko‘p kvartirali uylar yoki mahallada
yashaydigan barcha bolalar uchun mahalla guzarlarida yoki
bo‘lmasam sport maydonchalarida tashkil qilish maqsadga
muvofiq bo'ladi. Harakatli o‘yinlami o‘tkazishda ota-onalar
rahbarlik qilishlari va bolalami uyushtirishlari zarur. Bir
necha ota-ona bolalami yig‘adi, o‘yin muddatlarini reja-
lashtiradi, o‘yinda qatnashadiganlar sonini belgilaydi va
so‘ngra o'yinni o‘tkazadi. Bu holda juda ko‘p bolalar
qatnasha oladigan o‘yin turlari tanlanishi kerak.
0 ‘y m c h ila m i
tanlashda, yuqorida aytganimizdek, bola-
laming yosh xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlarini,
qiziqishlarini hisobga olish shart.
Harakatchan o‘yinlar — bir harakatdan ikkinchisiga tez
o‘tishni talab qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlikni
tarbiyalaydi. Tovushni eshitganda, biror narsani ko‘rganda,
sezganda hoziijavoblik talab etadigan, harakatlar tez to‘x-
tatiladigan, to‘xtatib turiladigan va birdan boshlab yu-
boriladigan o‘yinlar, masofani qisqa muddatda bosib o‘tish
bolalarda tezkorlikni takomillashtiradi. Qisqa vaqtda o‘lchovi
me’yorda bo‘lgan kuchni zo‘riqtiradigan o‘yinlar bola
kuchini oshiradi. Betinim harakat qilib, harakatlami bir
necha marta takrorlashni talab etadigan, ancha kuch-quwat
sarflanadigan o‘yinlar tanni chiniqtiradi.
Dostları ilə paylaş: