Oila pedagogikasi



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Nikoh to "уlari.
Har bir kishining hayotida yangi sahifa 
ochadigan, muhim burilish yasaydigan eng muhim vo- 
qeaning tantanali nishonlanishidir. Nikoh to‘yi oilaviy 
marosimlar ichida eng yirigi bo‘lib, uni tashkil qilish va 
o‘tkazish uzoq muddatni o‘z ichiga oladi. Nikoh to‘yi bilan 
bog‘liq 
odatlar, irim, rasm-rusmlar ham juda ko‘pdir. 
0 ‘zbeksitonning turli shahar qishloqlarida o'tkaziladigan 
nikoh to‘ylarining umumiy jihatlari bo‘lganidek, har bir 
hududdagi to‘ylaming o‘ziga xos tomonlari ham mavjuddir.
0 ‘zbek nikoh to'ylari uch bosqichli jarayonni o‘z ichiga 
oladi. Birinchi bosqich — kelin tanlash, unga sovchi 
yuborish, non sindirish fotiha qilish kabi marosimlardan 
iborat. Xalqimizning to‘y marosimi bilan bog'liq «sovchilik» 
haqida ikki og‘iz so‘z.
Sovchilar ko'pni ko'igan obro‘-e’tiboiga sazovor bo‘lgan 
kishilar bo‘ladilar. Sovchilar bo‘lg‘usi kelinning ota-onasini, 
oilaviy hayotini, hovli-joyining ozodaligini, ota-onasining 
muomilasini kuzatadilar. Ayniqsa, bo‘yiga yetgan qizning 
uyiga sovchi kelganda, sovchilar birinchi navbatda shu 
xonadonning oshxonasiga va hojatxonasiga e’tibor beiganlar. 
Agar oshxona sarishta bo‘lsa, hojatxona ham toza bo‘lsa, 
sovchilar bu xonadonning qizi farosatli, mehnatsevar ekan 
degan tasawurga ega bo‘lganlar. Ayniqsa, qizning onasiga 
e’tibor beiganlar, «Onasini ko‘rib, qizini ol» degan maqol
162


shu ma’noda ishlatiladi. Sohibqiron Amir Temur o‘z 
tuzuklarida shunday vasiyat qiladi: «o‘g£illarim, nabiralarim 
va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa 
e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng 
ko‘rdim» — deya farzandlarga jufl tanlash masalasiga katta 
e’tibor bergan.
Ikkinchi bosqich - kelinni kuyovning uyiga olib kelish, 
nikohlash, to‘y-tomosha, bazim kabi tadbirlami o‘z ichiga 
oladi.
Uchinchi bosqich - nikoh to‘yidan so‘ng o'tadigan «yuz 
ochdi», «keUn salom», «kuyov chaqirdi» kabilardan iborat.
Nikoh to‘ylarida o‘zbek xalqining eng yaxshi ma’naviy 
fazilatlari namoyon bo'ladi; to‘yga barcha oldindan tayyor- 
lanadi, hamma o‘zining yaxshi ko‘igan liboslarini kiyadi, 
barchada ko‘tarinki ruh, xursandchilik hukum suradi.
Hozirgi paytda nikoh to'ylarida ijobiy o‘zgarishlar yuz 
bermoqda. Bugungi nikoh to‘ylarida yigit-qizning roziligi, 
o‘zaro muhabbati asosida o‘tkazilmoqda. Balog‘atga yetma- 
gan yoshlami nikohdan o'tkazish butunlay yo‘q oldi. 
«Qalin», «sut puli» kabi ortiqcha xarajat talab qiladigan 
qadimiy udumlar deyarli barham topdi. Ortiqcha xarajatlar 
butunlay yo‘q bo‘lmasada, ular o‘mini yangi oila uchun 
zarur bo‘lgan jihozlarni olib berish an’anasi egalladi. 
Mustaqillik sharofati bilan yoshlami nikoh oldidan tibbiy 
ko‘rikdan o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Oila kodeksining 17-moddasida ko'zda tutilgan: 
«Nikohlanuvchi yoshlar tibbiy ko‘rikdan faqat ulaming 
roziligi bilan o‘tkaziladi» — degan qoidadan ko‘tilgan maqsad 
muddao g‘oyat qutlug‘dir. Bu qoida mohiyatan jamiyatda 
sogiom oilani shakllantirish, sog‘lom avlodni dunyoga
163


keltirish va ulami barkamol bo‘lib tug'ilishini ta’minlashga 
qaratilgan an’anadir.
0 ‘zbek nikoh to'ylari hozirgi paytda asosan uchta 
marosimdan iborat bo‘lmoqda:
1. «Non sindirish» marosimi — kelin va kuyovning ota- 
onasi, qarindoshlarining nikoh to‘yini o‘tkazish rejasini tuzib 
olishlari uchun zurur bo‘lgan muloqot - kengash vazifasini 
o‘taydi.
2. Kelin-kuyovning FHDYO byurosi ro‘yhatidan o‘tishi. 
Bu an’ana oilaning huquq va majburiyatlarini qonunlashtirish 
vazifasini bajaradi.
3. To‘y marosimi yosh yigit-qiz oila qurganligini tan- 
tanali nishonlash uchun xizmat qiladi.
Oilaviy marosimlami o'tkazish jarayonida namoyon 
bo‘ladigan insonparvarlik, mehribonlik, mehmondo‘stlik kabi 
fazilatlar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etadi. Bu tadbirlar 
davomida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq odatlari, 
folklor janrlari, lapar, yor-yor, o‘lan marosim qo‘shiqlari, 
о ‘yin - musobaqalar, duolardan foydalanish - yoshlaming 
ma’naviy kamol topishida katta ahamiyatga ega.
Kumush, oltin va olmos to‘ylar. Hayotimiz farovonlashib 
bargani sari to'ylaming yangi ko‘rinishlari paydo bo‘lmoqda. 
Er-xotinning 25 yil, 50 yil, 75 yil biiga oilaviy hayot 
kechirganiga bag‘ishlangan kumush, oltin va olmos to‘ylarini 
o‘tkazish bilan bog‘liq yangi tantanali tadbirlar vujudga keldi. 
Xalqimizning yoshi kattalami, ayniqsa, qariyalami hurmat 
qilish kabi qadimiy an’analari hamda o‘zbek oilalarining 
mustahkamligini ana shunday yubiley to‘yladni o‘tkazish 
uchun asos bo‘ldi. Shuni alohida aytish joizki, bunday 
yubiley to‘ylarini, ayniqsa, olmos to‘yini nishonlash ham- 
maga ham nasib etavermaydi. Shuning uchun oltin to‘y
164


kumush to‘yga nisbatan tantanaliroq, olmos to‘y oltin to‘yga 
qaraganda yanada yuksak tayyorgarlik darajasida tashkil 
qilinishi kerak. Azaldan mustahkam an’analarga ega boigan 
o‘zbek oilalari hayotiga 60-yillardan boshlab oltin, kumush 
va olmos to'ylari kirib keldi.
80-yillar oxirida esa «oila bayrami» degan yangi to‘y 
shakli paydo bo‘ldi. Endigina nikohdan o‘tgan yosh kelin 
kuyovlar ham, kumush, oltin va olmos to‘y egalari ham 
birgalikda sharaflanadi. Ushbu to‘ylar endilikda o‘lkamizning 
turli shahar qishloqlarida ham o‘tkaziladigan bo‘ldi. Ular 
oilalami mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin