Oila pedagogikasi


Jazoning qanday shaklidan foydalanish o‘rinli?



Yüklə 48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/202
tarix13.12.2023
ölçüsü48 Kb.
#175377
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Jazoning qanday shaklidan foydalanish o‘rinli?

yoki 7 yoshligimda bir voqea hamon esimda, - deb 
gapida davom etdi keyingi uchrashuvimizda Tom. - 0 ‘sha
272


voqeani qachon eslasam kayflyatim buziladi, asabiylashaman.
— Bir kuni beysbol o'ynayotib bilmasdan oynani sindirib 
qo'ydim. Bundan qattiq qo‘rqib ketdim va onam meni izlab 
topgunga qadar daraxtzorda yashirinib yotdim. Qilgan 
ishimdan qattiq hijolatda edim. Otam uyga qaytganida onam 
unga bo‘lgan voqeani aytib berdi. U meni kaltakladi. 
Tomning ko‘zlariga yosh keldi. Sen unga bo'lgan voqeani 
tushuntirib ko‘rishga urinib ko‘rmadingmi? - so‘radim men. 
U «yo‘q» deb ishora qildi.
Bu voqea tarbiyaning chigal masalalaridan biri sanalgan 
jazoga yaqqol misol bo'la oladi. Tomga nisbatan qo'llanilgan 
bunday jazo usullari uzoq vaqtlar mobaynida bolalarda 
og‘riq, alam va o'kinch, o'z ota-onalariga nisbatan g'azab va 
nafrat hislarini saqlab qolishiga sababchi bo'lishi mumkin. 
Ular bunday damlami boshqalaming yordamisiz anchagacha 
unutolmaydilar. Masalan, Tom o'z boshidan o'tgan voqeani 
1 yildan so'ng ham alam bilan xotirlaydi. Nima uchun aynan 
mana shu hodisa Tomning xotirasiga muhrlanib qolgan?! 
Axir, uni o'z hayoti davomida ko'p bor savalashgan edi-ku?! 
Tom ulami ko'ngilga olmagan. Oyna bilan bog'liq voqeada 
esa Tom o'z aybini tushunib, qattiq aziyat chekkandi. Unga 
tan jazosi berilmasa ham chekkan ruhiy azobi yetarli edi. 
Kaltak yegani ota-onasi unga tushunmasliklarini va tomning 
ruhiy holatiga e’tibor qilmasliklarini amalda isbotlab qo'ydi. 
Balki o'shanda Tomga kaltak emas, ota-ona daldasi, uni 
kechirishlari kerak bo'lgandir?! Tomning ota-onasi buni 
bilishlari shart edi. Mazkur holatda jazoning qaysi shaklini 
qo'llash ma’qul bo'lar edi?!
Bu haqda siz qanday fikrdasiz, qimmatli ota-onalar! 
Taibiya jarayonida oldindan begilab qo'yilgan yo'ldan borish 
Shartmi? Qattiqqo'llik o'zini oqlaydimi? Uning me’yori
273


qanday bo'lishi kerak? Bola o‘zini yomon tutganda har safar 
jazolash kerakmi? Agar «ha» deb javob bersangiz, jazoning 
doimo bir xil usulda olib borilishini yoqlaysizmi? «Yo‘q» 
desangiz, unda qaysi usullami qo'llash ma’qul bo‘larkin?
Aslida jazoning o‘zi nima? Intizom va jazo o‘zaro bir-biri 
bilan aloqadormi?
Bizning har birimiz muayyan tarbiya maktabini, masalan, 
ota-onalaming samarali ta’lim maktabini o‘tashimiz shartmi? 
Yoki o‘zimizning aql-idrokimizga, ichki his-tuyg‘ularimizga 
tayanishimiz shartmi? Yoxud ulaming har biridan olishimiz 
joizmi? Unday bo‘lsa qachon va qay me’yorda?
Bular bugungi kunda risoladagi har bir ota-onani qiynoq- 
qa solayotgan savollar sanaladi.
Hayotimiz bola tarbiyasiga bag‘ishlangan kitoblar, amaliy 
anjumanlar, maqolalar va ilmiy tekshirish institutlariga to‘lib 
ketgan. Yo'nalishlar ham rang-barang: bolaning qulog'idan 
burab qo‘yishdan tortib to konfet bilan mukofotlashgacha ...
Yuqoridagi voqeaga qaytadigan bo‘lsak, Tomning ota- 
onasi muayyan voqeadan kelib chiqib turib, bir tomondan, 
o‘g‘illarini intizomga o'rgatishi, ikkinchi tomondan esa ular- 
ga o‘zlarining mehr-muhabbatlarini bildirishlari mumkin- 
midi?! Bu masalaga keyinroq qaytamiz.
Farzand tarbiyasi hozirgi kunning eng chigal masala- 
laridan biri desam, barcha ota-onalar bu fikrga bemalol 
qo‘shilishadi. Bola hamma vaqt ham ota-ona nazoratida 
bo‘lavermaydi. Uning ko‘p vaqti boshqalar: maktab, qo‘ni- 
qo'shnilar, tengqurlari davrasida kechadi. Aynan mana shu 
sababga ko‘ra ko‘pgina ota-onalar o‘z farzandlariga ta’sir 
o‘tkaza olmasa kerak, deb o‘ylaydilar.
Farzandlarini tarbiya qilish maqsadida amalga oshirgan 
barcha xatti-harakatlari zoe ketmayaptimikan deb ikkila-
274


nadilar. Ammo buning aksi bo‘lmog‘i maqsadga muVofiqdir. 
Ota-onalaming yuqoridagi fikrlari salbiy oqibatlaiga olib 
keladi. Aslida, oila, ota-ona bola tarbiyasida yetakchi o‘rinra 
egallaydi.
Olib borgan tadqiqotlarim, izlanishlarim shuni tasdiq- 
laydiki, bola tarbiyasida oila har doim hal qiluvchi kuchga 
ega bo‘ladi. Ota-onaning ta’siri boshqa ta’sirlarga qaraganda 
ustuvor sanaladi.
Bolaning baxtli yoki baxtsiz, ruhan tetik yoki tushkun 
kayfiyatda yurishida, katta yoshdagi odamlar, tengqurlari va 
boshqalar bilan munosabatlarida, atrofdagi munosabatlarga 
nisbatan uyg‘un yoki hissiz holatda bo'lishida, muayyan 
vaziyatlarda o‘zini qanday tutishida oila asosiy rol o'ynadi.
Ba’zida boshqa ta’sirlar bolani o‘ziga rom qilishi 
mumkin, ammo oila shunday holatlarda ham o‘zining asosiy 
o‘mini yo‘qotmaydi. Shuni unutmaslik lozimki, oila bolaning 
kamolini belgilovchi yagona asos emas. Shu ma’noda har bir 
muammo uchun butun javobgarlikni oila zimmasiga yuk- 
layverish to‘g‘ri emas. Sababi bola ruhiyatiga ta’sir qiluvchi 
yana bir qator omillar ham borki, ularsiz asl haqiqatni yuzaga 
chiqarish mushkuldir.
Tug‘ma mijoz
MJjozning amalga juda ko‘p turlari mavjud. Stela Chess 
va Aleksandir Tomaslaming «Mijoz va bolalar intizomining 
buzilishi» nomli kitobida uning to'qqizda ko‘rinishi tasniflab 
berilgan.
Ulaming kitobi nodir adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan 
bo'lib, tom ma’noda jahon axloqshunosligi faniga qo‘shilgan 
ulkan hissa sanaladi. Asarda bolalaming nima uchun u yoki
275


bu shaxsiy xususiyatlarga ega bo'lishi batafsil tasvirlab 
berilgan. Kitobdan nima uchun ayrim bolalami taibiyalash 
boshqalamikiga qaraganda oson kechishi, ba’zi bolalaming 
tarbiyasi esa qunt va mehmi ko‘proq talab qilishi, bitta oila 
tarbiya topgan bolalaming nima sababdan turlicha xulq- 
atvorga ega bo‘lishi haqidagi savollarga javob topishingiz 
mumkin.
Eng muhimi unga doktor Chess va Tomaslar tomonidan 
bolaning nafaqat oila davrasida, 
balki o‘z shaxsiy xusu- 
siyatlari negizida kamol topib borishi haqidagi qimmatli 
fikrlari aniq bayon etilgan. Bu dalil tarbiyasi qiyin bolalar 
borasida oilalaming zimmasiga qo‘yilayotgan ayblovni biroz 
yumshatadi. Afsuski, ko'pchilik (hatto, mutaxassislar ham) 
bola tarbiyasiga bog'liq har qanday vaziyatda ota-onani 
ayblaydilar.
Chess va Tomaslaming izlanishlari shuni ko‘rsatadiki, 
ba’zi bolalaming tarbiyasi boshqalamikiga qaraganda mu- 
rakkabroq kechadi.
Bu o‘rinda ulaming tasnifiga qisqacha to'xtalib o‘tish 
lozim. Chess va Tomaslar mijozning to‘qqizta tarkibiy 
o‘tishgan hamda ulaming yangi tug'ilgan chaqaloqlarda ham 
mavjud bo‘lishini, keyinchalik rivojlanib borishini aniq- 
lashgan.
Boladagi xususiyatlar atrof-muhit ta’sirida rivojlanib 
boradi, mijoz esa bola shaxsiyatiga mahkam o'mashib oladi; 
uning o‘zgarishi qiyin kechadi. Hatto butun umr davomida 
saqlanib qolishi ham mumkin.
Mijoz quyidagi qismlardan iborat:
1. 

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin