KIRISH
Milliy
mustaqillikka erishgach, 0 ‘zbekiston Respublika-
sida pedagogika fani taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi.
Xususan, pedagogik tadqiqotlaming ko‘lami kengaytirildi,
milliy pedagogik madaniyati, merosi chuqur o'rganilib,
shaxsga ta ’lim berish va uni tarbiyalash borasidagi jahon
tajribalari, yutuqlaridan milliy xususiyatlarga
tayangan holda
foydalanish borasidagi izlanishlar yuzaga keldi.
Oilalarda tashkil etilayotgan taibiya o‘zining tub
mohiyatiga ko‘ra milliy xususiyatlami namoyon etish bilan
birga ijtimoiy oila tarbiyasi ijtimoiy pedagogikaning muhim
yo‘nalishi sifatida o‘rganildi.
Oila, turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi.
0 ‘zining ko‘p asrlik mustahkam va m a’naviy tayanchlariga
ega. 0 ‘zbeklaming aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi
to ‘g‘risida
emas balki, oilasining qarindosh-urug'lari va yaqin
odamlarini, qo‘shnilarining omon esonligi to ‘g‘risida g‘am-
xo‘rlik qilishini birinclii o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy
darajada m a’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir.
Oila insonni halol va pokiza bo‘lishiga, ilm fan asoslarini
egallashga, beva-bechoralami qo‘llab-quvatlashga, tabiatni
e’zozlashga dav’at
etadigan diniy, m a’naviy, axloqiy qad-
riyatlarga alohida e’tibor berishga da’vat etadi. Bu borada
buyuk bobokalonlarimiz Imom al-Buxoriy,
Baxouddin
Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy,
Imom at-Termeziyning
3
insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi buyuk g‘oyalari,
hikmatlari katta o ‘rin tutadi.
Mazkur darslikdan ko'zlangan asosiy maqsad bevosita
oilada
bolalami
ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda
milliy
qadriyatlardan foydalangan holda, oila va oiladagi tarbiyaviy
jarayonni milliylashtirish-xalqimiz orasida unut bo‘layotgan
milliy an’analar, urf-odatlar,
marosimlami qayta tiklash,
yoshlar qalbida dinimiz, e ’tiqodimizga hurmat munosabatini
yanada o‘stirishdan iboratdir.
Oila pedagogikasi darsligi m a’no va mazmuni bilan
uyg‘unlashgan yuksak maqsad yo‘lida, murakkab
vazifani
bajarishga qaratilgan ezgulik nishonasidir.
Bo‘lajak tarbiyachi va o‘qituvchi mutaxassislami oilada
bola tarbiyasi muammolami
hai qilish masalalari
haqida
bilim va malakalarini shakllantiriladi. Bo'lajak mutaxas-
sislarni oilaviy hayotga tayyorlash imkonini yaratadi. Mazkur
darslik faqat pedagogik kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv
yurtlari talabalari uchungina emas,
balki ota-onalar va oddiy
mehnat ahliga ham xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: