Oila pedagogikasi


Boshni fido qilg'il ato boshig'a



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

Boshni fido qilg'il ato boshig'a,
Jismni qil sadqa ano qoshig'a.
Tun-kuningga aylagali nurposh,
Birisin oy angla, birisin Quyosh.
Pedagoglar ota-onalar bilan bo‘ladigan suhbatlarda bola- 
ning axloqiy shakllanishi kattalaming o‘ziga, ulaming namu- 
nasiga, o‘z shaxslarini takomillashtirishga bo‘lgan intilish- 
lariga bog‘liq ekanligi odob bilan eslatib qo‘yishlari lozim.
Pedagog ota-onalar bilan suhbat chog'ida dastur talab- 
lariga tayanadi, ota-onalaming pedagogik layoqati va oilaviy 
tarbiya xususiyatlarini hisobga olgan holda maktabgacha 
tarbiya haqidagi kitob materiallari va ularda keltirilgan 
misollar, maslahatlar, tavsiyanomalardan ijodiy foydalanadi.
Suhbat bu ikki tomon-pedagog bilan ota-onaning mu- 
loqotidir. U fikr almashishga, muhokama qilinayotgan ma- 
salalarda o‘zaro hamjihatlik o‘matilishiga 
yordam berishi 
kerak. Shuning uchun eng muhimi, tarbiyachining xayrixoh- 
lik, erkinlik muhitini yarata olishidir.
250


Bunga esa pedagog ota-onalarga o‘z fikrini bildira olish 
imkoniyatini yaratib berganda, o‘z fikrini zo‘rlab o‘tkazmay, 
ularda 
olg‘a surilayotgan tavsiyanomalaiga nisbatan ichki 
rozilikni hosil qilishga manfaatlami hisobga olib asoslay 
olgandagina erishadi.
Ota-onalaming shakllanib, kamol topib borayotgan 
shaxsga ko'rsatadigan ta’sir kuchi juda katta. Ulaming bo­
laga ta’sir etishining asosi ulaming bolaga nisbatan beg‘a- 
raz muhabbati, uning haqida talabchanlik bilan qo‘shib olib 
boradigan g‘amxo‘rligidir. Muhabbat har qanday yaxshilik, 
mehribonlik va yorqinlikning ijodkoridir.
Hamma gap ota-onalik mehrining namoyon bo‘lish 
darajasini his etishda, uni talabchanlik va bola shaxsini 
hurmat qilishi bilan qo‘shib olib borishdadir.
Bola bu muhabbat va g‘amxo‘riikka ota-onalarga 
nisbatan katta mehribonlik hamda muhabbat, ulaming us- 
tunligi va obro'yini tan olish, ular yo'lidan borishiga, har 
narsada ularga taqlid qilishga intilish bilan javob beradi. 
Oilada ta’sirining kuchi bolaning tarbiyaviy sirlarga moyil- 
ligi, taqlidchanligi bilan belgilanadi.
Ayniqsa, kichik yoshli bolalami tarbiyalashda oilaning 
roli kattadir. Bolalar ota-ona rahbariigida tevarak-atrof, 
hayot to‘g‘risidagi dastlabki tasawurlami egallab oladilar.
Oila bolani tarbiyasiga ta’sir etadi, uni tevarak-atrof- 
dagi hayotga qo‘shadi.
Bolani yoshligidan boshlab oilaviy odob-axloq qoidala- 
riga 
odatlantirish, yaxshi 
xulq-atvorli bo‘lishga o ‘rgatish 
ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Ular 
bolalarda 
yoshligidan boshlab kishilarga mehr-muhabbatli, izzat-hur- 
matda bo'lish, insonning qadriga yetish va hurmat qilish 
kabi ijobiy xislatlami tarbiyalab borishlari zarur.
251


Oqil ota-onalar oilada farzand dunyoga kelishi bilan 
uni taibiyasini buvisi, buvasi yoki jamoat tarbya muassa- 
salarga topshirmay, bu mas’uliyatli vazifa bilan o‘zlari jid- 
diy shug‘ullanadilar. 0 ‘z farzandlarini o‘zi yashab tuigan 
jamiyatning munosib kishilari qilib tarbiyalashga intiladilar.
0 ‘zbek oilalarida bolalami jamiyatning munosib far- 
zandlari qilib taibiyalash bo'yicha ijobiy tajribalar to‘plan- 
gan. Lekin kichkintoylar taibiyasida jiddiy xatolaiga yo‘l 
qo'yadigan oilalar ham uchraydi. Bu esa bolalaming kel- 
gusidagi kamolotiga salbiy ta’sir etadi va ulami qayta tar- 
biyalashdek murakkb muammolami keltirib chiqaradi. Bun- 
day xatolaming asosiy sababi ota-onalarda pedagogik mada- 
niyatning yetarli darajada bo‘lmasligi. 0 ‘z bolasini 
yaxshi 
kishi, yetuk inson qilib taibiyalash istagini o‘zi yetarli emas. 
Buni uddalay bilish kerak.
Ota-onalar; «Bolalami tarbiyalash - hayotimizning 
muhim sohasi... To‘g‘ri tarbiya — bizning baxtli kelajagimiz, 
yomon tarbiya bizning kelajakdagi qayg‘u - xasratimiz, ko‘z 
yoshlarimiz boshqa kishilar oldidagi, butun mamlakat oldi- 
dagi aybimizdir», degan fikrlami 
tushunishlari kerak, -
degan edi atoqli pedagoglardan biri. 0 ‘z bolasini tarbiya- 
lashni shaxsiy ish deb bo‘lmaydi, balki bu jamiyat oldidagi 
fuqarolik burchini bajarishdir.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin