Oila pedagogikasi



Yüklə 96,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/202
tarix19.12.2023
ölçüsü96,53 Kb.
#186926
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   202
Oila pedagogikasi. Hasanboyeva O

o‘z
anjomlarini
253


ehtiyot qilishlari zarur (o'yinchoqlar, kiyimlar va o‘rin 
jihozlari).
Ota-onalar bolalaming fe’l - atvorini yaxshi bilishlari 
ularda bola tarbiyasi uchun javobgarlikni oshiradi. Ular bo­
laga bir xil talab qo‘yadilar va ta’lim taibiya-ishini izchil- 
lik bilan amalga oshiradilar.
Maxsus pedagogik bilimlami egallash bolalarda sinch- 
kovlikni, kuzatuvchanlikni, mantiqiy tafakkuming • oddiy 
formalarini o‘stirishga, bolalar mehnati va o'yiniga to‘g‘ri 
rahbarlik qilishga bolalar xulqini to‘g‘ri tahlil qilishga 
yordam beradi.
Ota-onalami ilk yoshi bolalar filologiya va psixologiya- 
sini bilishlari bolani sog‘lig‘ini saqlashga g‘amho‘rlik qilish 
uni harakatlarini madaniy gigienik malakalarini rivojlan- 
tirish nutqi, muomila faoliyatini o‘stirishga yordam beradi.
Bolalarda mutaqillikni 
o‘stirish ulami qiyinchiliklami 
yengishga o'rgatish undagi irodani mustahkamlash muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birjga bolalami tarbiyalashda ulaming o‘ziga 
xos xususiyatlami bilish va uni e’tiborga olish zarur. Chun- 
ki har bir bola yoshi teng bo‘lgan ikkinchi boladan o‘zining 
qiziqishi, qobiliyati, mijozi va fe’l-atvori bilan farq qiladi. Bir 
xil vaziyatda har bir bola o‘zini har xil tutadi: biri uyat- 
chan, tortinchoq, boshqasi esa dadil; biri bo‘shang, pssiv, 
yana boshqasi tevarak-atrofda bo'layotgan voqealarga ju- 
dayam xushyor va sezgirlik bilan munosabatda bo‘ladilar. 
Shuning uchun, ota-onalar har bir bolaga uning o'ziga 
xos, mos yo‘lni tanlaydilar.
Oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, hamjihatlik, 
oilaning yaxshi 
yo‘lga 
qo‘yilgan ichki hayoti tarbiyada 
muhim ahamiyat kasb etadi. Oila 
a’zolari 
o‘rtasidagi
254


samimiy 
munosabatlar: mehribonlik, o‘zaro hurmat va 
g‘amxo‘rlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kayfiyati, umu­
miy tartib va oilaviy an’analar, bolalarga kattalar qo‘ya- 
digan talablaming yagonaligi muhim rol o‘ynaydi.
Bolani to‘g‘ri 
tarbiyalashda uning oldida ota-onaning 
obro‘sini yuqori bo‘lishi kerak, busiz tarbiya bo‘lishi mum­
kin emas. Ota-onalaming fuqarolik qiyofasi, hayoti, ishlari, 
yurish turishi, jamiyat oldida o‘z oilasi uchun javobgarlik 
tuyg‘usi ular obro‘sining asosidir. Mehnat va ijtimoiy fao- 
liyatni oilaviy vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan, o‘z 
bolalarining hayotiga qiziqadigan va ularga mohirlik bilan 
rahbarlik qiladigan ota-onalar eng obro'li kishilardir — bu- 
laming hammasi ham onaga, ham otaga baravar taalluq- 
lidir.
Bolalarga qo‘yiladigan talablarda birlik bo‘lishi umum- 
pedagogik prinsip hisoblanadi, maktabda ham, oilada ham 
bu prinsipga amal qilinishi lozim. Oilada bolalami tarbiya­
lashda quyidagi shartlarga rioya qilinishi zarur:
a) bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni his qilish;
b) pedagogik bilimlardan xabardor bo‘lish;
d) bolaga bo‘lgan mehr-muhabbatni unga talabchanlik 
qilish bilan qo‘shib olib borish.
Insonning qanday kishi bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan 
javobgardirlar. Shaxsning qadr-qimmati uning jamiyatga 
keltiradigan foydasi bilan baholanadi. Ota-onalar o‘z bola­
larining asosiy tarbiyachilari hisoblanadilar. Shuning uchun 
ular farzandlarini o‘z haqining eng yaxshi urf-odatlari va 
oilaviy an’analarini ruhida oliyjanob faziiatli, bilimdon, 
madaniyatli shaxs qilib tarbiyalashlari kerak.
Tarbiya ko‘p qirrali, uzoq davom etadigan jarayondir. 
Bolani o‘rab olgan muhitning hammasi - odamlar, narsalar,
255


voqea-hodisalar, uning ongida, xulq-atvorida ma’lum iz 
qoldiradi, uni o‘zgartiradi va rivojlantiradi. Ota-onaning 
burchi mana shu rivojlanishni 
ziyraklik bilan boshqarib 
boorishdir. Ota-onaning mehri, muruwati, g‘amxo‘rligi 
bolalar uchun suv va havodek zarur.
Oilaviy tarbiyaning ko‘p muammolari ota-onalami 
pedagogik bilimlardan xabarsiz ekanliklari orqali yuzaga 
keladi. Bunda yota-onalaming ko‘pchiligi axloq, huquq- 
shunoslik, ruhiyat va pedagogik bilimlami bilmaydilar. Bu 
esa bola tarbiyasida noxush voqealarga sabab bo‘lmoqda.
Ota-onalarga mo‘ljallangan, 
ulaming tafakkurini va 
amaliy faoliyatini kuchaytiruvchi, oilada bolaning xulqini va 
o‘zlarining tarbiyaviy ta’sirini tahlil qilishga undovchi peda­
gogik bilimlami yanada kengroq targ‘ib qilish kerak.
Hoziigi vaqtda jumhuriyatimiz rahbarlarining asosiy 
diqqat-e’tiborlari jamiyatda yuz berayotgan noxushliklami 
bartaraf etish, oilalaiga, ko‘p bolali onalaming farzandlariga 
yaxshi tarbiya berishlariga, oila tarbiyasi va ijtimoiy tar­
biya birligini mustahkamlashga qaratilgandir. Chunki bo­
laning sog‘lig‘ini saqlash va uni tarbiyalashda oila asosan 
rol o‘ynaydi. Mustahkam, ma’naviy va axloqiy sog‘lom oila 
jamiyat taraqqiyotining asosiy omilidir.

Yüklə 96,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   202




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin