- oila muqaddasligini anglab yetish; - ota-ona o‘rtasidagi muhabbat va sadoqatga asoslangan munosabatlami tarkib toptirish; - bolarii ma’naviy-axloqiy fazilatlar egasi qilib tarbiya lash; - yosh avlodni halol mehnat qilish va kasb-hunar egal- lashga undash; - ota-onaga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash; - oilaning barqarorligi va mustahkamligini ta’minlash kabilar tushuniladi. Oila tarbiyasiga xos bu an’analar hozirgi kunda ham ja- miyatning ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir etadigan muhim omillardir. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni hamma oilada, mahallada, keng jamoatchilikka axborot tarmoqlari, notiq klublar, ja- moat tashkilotlari orqali uzatish mumkin. Bizning ijtimoiy xulq-atvorimiz, xatti-harakatlarimiz bizning dasturlarimiz bilan belgilanadi. Shuning uchun kimki, boshqa odamlami xulq-atvori, xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsatishga intilsa, ular- ning dasturlariga ta’sir ko‘rsatish kerak. 1933-1945-yillarda fashistlar Germaniyasida «Xalq ta’limi va tashviqot vaziri» I.Gebbelsni eslasak. U nashriyot, radio, kino va barcha san’at turlari ustidan nazorat o‘matib, uning har bir satrida fashizm g‘oyasi yoritilgan materiallar bilan nemis xalqini fashistlar mafkurasiga ishontirib, uni qabul qilishga majbur- ladi. To‘g‘ri bu yerda maqsad - yovuzlik edi, lekin tanlangan usulning samarali bo'lganligini tarixning achchiq sahifalari misolida ko‘rish mumkin. Targ‘ibot va tashviqot ham ta’lim- tarbiyasining bir ko‘rinishidir, agarda to‘g‘ri targ‘ib qilinsa, insonlami buzg‘unchi g‘oyalardan asray olamiz. 352