qatnashadi (61 %), faqat 27 % hollarda turli sabablar bilan xarakterining muttasil ravishda bunday murakkab vaziyatni har doim ham ко Чага olmasligidan bolasining harakatlarini 372
unchalik kuzata olmay-di. 12 % hollarda onalar bu borada umuman, faol emas, ya’ni befarq ekanliklari ma’lum bo‘lgan. Uyda ta’lim oluvchi bolalaming aksariyatida (75 %) o'qituvchi bilan muloqot natijasida hissiy munosabatlar shakllana borar ekan. Bolalaming 25 % qismida esa bunday aloqalar mehnat orqali vujudga kelar ekan. 0 ‘qituvchi va ota-onalardagi mo‘tadil aloqalar ko‘p (77 %) oilalarda vu judga keladi. 11 % hollarda mehnat orqali paydo bo‘ladi, 11 % hollarda umuman shakllanmaydi. Tadqiqotchilaming kuzatuviga ko'ra, «o'quvchi — ota-ona — o'qituvchi» tizimida hissiy bog‘lanib, o‘zaro bir-birini tushunish — ruhiy-korrek- sion faoliyatda muvaffaqiyat garovidir. Ota-ona va oila a’zolari bilan aloqa o‘matib olish bi rinchi vazifa bo‘lib, u muhim rol o‘ynaydi. Ammo, nogiron bolasi bor oilalaming tilini topib ishlash oson emas. Bunday hollarda M. Eggning maslahatlariga quloq tutishni tavsiya etilgan. U o‘zining «Mening farzandim boshqalardek emas...» deb nomlangan kitobida shunday deydi: «Bolangizni tarbiya- lashda oliyjanob vazifa zimmangizga yuklatilgan. Faqatgina siz uni ezgulikka yetaklay olasiz, uning kelajagi faqatgina sizga bog‘liq. Buni siz uchun hech kim qilmaydi. Unga yordam berishingiz uchun bolangizni tushunishingiz bilan birga bu yo'lda sizdagi sabr hamda mehr-muhabbat va