ganda imkoniyati yuqori bo‘lib, maktabgacha ta’lim xizma- tining umumiy ko'rsatgichidan ma’lum bo‘lmoqda. Masalan, Vengriyada 3 yoshdan 5 yoshgacha bolalaming 86 % bolalar bog‘chasiga borsa, Polshada bu ko‘rsatkich faqat 50 %ni tashkil qilar ekan. Bolalar bog‘chasiga borishning ijobiy tomoni shundaki, bolaning rivojlanishidagi o‘zgarishlami va kasalliklami o‘z vaqtida aniqlab oldini olish hamda davo- lashga yo'naltiriladi. Ayrim mamlakatlarda alohida yordamga muhtoj bolalarga maktabgacha ta’lim davlat tamonidan moliyalashtirilib uyda tashkillashtirilgan. Hozirgi davrda 375
Vengriyada kompleks bolalar bog‘chalarida bolalami go'dak- ligidan to‘g‘ri rivojlantirish, maktabgacha ta’lim berish, rea- bilitatsiya qilish tashkil etilgan markazlarda olib borilmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, boshqa davlatlarda alohida yordamga muhtoj farzandi bor ota-onalarga va maktabgacha ta’lim muassasalariga bo‘lgan e’tibor bir qancha kamchilik- lami bartaraf etishda yordam beradi. Ayniqsa, nogiron va alohida yordamga muhtoj bolalardagi kamchiliklar erta aniqlanib, uni shunchalik tezroq oldi olinadi. Hozirgi kunda logopedlar, tarbiyachilar hamda psixo- loglar tomonidan kichik maktab yoshidagi bolalaming ko‘p- chiligi o‘z tengdoshlaridan orqada ekanligi aniqlanmoqda. Ulaming aqliy rivojlanish ko‘rsatkichlari ancha past. Bu bolalar esa alohida pedagogik yordamga muhtojdirlar. Ularda o‘z harakatlarini boshqara olmaslik, diqqatning tarqoqligi, xotiraning sustligi, nutqning noaniqligi, dasturdagi vazifani o‘zlashtira olmaslik kabi kamchiliklar uchraydi. Buning asosiy sabalaridan