lashtirishning o ‘ziga xos xususiyatlari, nazariy va amaliy jihatlari haqida o‘smiiga, butun aholiga berilayotgan axbor- otlar mazmunini boyitish va takomillashtirish davr talabidir. Respublikamizdagi demografik vaziyatni inobatga olib, oilani rejalashtirish, oila a’zolari saloimatligining tibbiy- biologik asoslarini ilmiy-amaliy tadbiq etish, uslubiy tav- siyalar ishlab chiqish va ulami amaliyotga keng tatbiq etish hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy va demografik sharoitda mustahkam oilani shakllanishi uchun zarurdir. 77
Oila jamiyatdagi iqtisodiy, ma’naviy va madaniy muno- sabatlardan tashqari tabiiy-biologik munosabatlami ham ifodalaydi. Ya’ni, oilada avlod davom ettiriladi. Jamiyat erkak va ayol o‘rtasidaga tabiiy munosabatlar madaniyatini taibiyalash orqali ular o‘rtasidagi ahllikni mustahkamlashga ko‘maklashadi. Bu munosabatlar madaniyatini shakllantirish oila hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bolalar salomatligi, soni va tug‘ilish muddatlarini maqsadga muvofiqlashtirishni, oilanirig rivojlanish jarayonini ongli ravishda boshqarishni ta’minlaydi. Tabiiyki, jamiyat tug‘ilish muammosiga befarq qaray olmaydi, bu holat uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko'rsatadi. Respublikamiz aholisi tez sur’atlar bilan o'sayotgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Uning asosiy sabab- larini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin: nikohlanish ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, barvaqt nikohlanish, migratsion harakatning pastligi, xalqimizning serfarzandligi va bolajonligi kabi. Tug‘ish yoshidagi ayollaming salomatligini mustah- kamlash, tug‘ilajak farzandning hech qanday asoratsiz