sarflash kerak? Turistik sayohat uchunmi? Kitob sotib olishgami? Qimmatbaho kiyimlar uchunmi? Mashina xarid qilishgami? Buni oila a’zolari hal qilishi kerak? Oilada bolalami yoshligidanoq oilaning iqtisodiy masalalarini hal qilishga jalb etish birinchidan bolaning ota- ona oldidagi qadrini oshiradi, bolaning o‘ziga ishonchini kuchaytiradi, ikkinchidan, pul sarflash madaniyatiga, hisob- kitobga, tejamkorlikka o‘rgatadi. Oila xo‘jaligining iqtisodiy masalalari, hamma oila a’zolari ishtirokida o ‘tadigan oila- larda pul-mablag‘ sababli janjallar ro£y bermaydi, balki, oila a’zolarini oila kollektiviga yanada jipslashtiradi. Doimiy ravishda pul yetmay qolishi, ko'pgina oilalarda urish janjalga sabab bo‘ladi. Ular pulni rasamadi bilan xarajat qilishni bilmaydilar. Pulni hisob-kitob bilan xarajat qilish haqida o'quvchilarga bir topishmoq aytish mumkin: Ota o ‘g‘!iga chaqa pul berib: — 0 ‘zimizga, sigirimizga, tovuqlarimizga yegulik biror narsa xarid qil, - dedi. 96
0 ‘g‘li bozorga bordi, o‘ylab-o‘ylab bir narsa xarid qilib keldi. Bundan ota xursand bo‘ldi. 0 ‘g‘il nima sotib olgan edi? — Qovun. O'qituvchi javobni izohlab, davom qiladi. Oila budjetini, xo‘jaligini to‘g‘ri boshqarish uchun yil boshida er-xotin bir yil davomida qilinadigan xarajatlarni hisoblab chiqadi. Bu umumiy daromadga nisbatan olinadi. Xarajatlar uch qismga ajratiladi: 1. Har oyda takrorlanadigan joriy xarajatlar: oziq-ovqat, turar joy haqi, transport, gigienaga sarflanadigan mablag‘. 2. Aniq hisob-kitobsiz, taxminiy. sarflanadigan (kitob