batni singdirishning g‘oyat muhim sharti sifatida bolafaoliyati
kompleks xarakerga ega va u turli harakatlar uyg‘unligida
(yugurish, sakrash va boshqalar) quriladi.
0 ‘yin jarayonida bolalar
dunyoni faqat anglab qolmay,
balki turli vaziyatlarda mustaqil harakat qilishni o‘rganadi.
0 ‘yin bolalar faoliyatining ehtirosli ko'rinishlaridan biridir.
0 ‘yinning his-hayajonlarga to‘laligi shundan iboratki,
o‘yin jarayonida bolalar turli holatni boshdan kechiradilar:
quvnaydilar, yutib chiqishga intiladilar, hafa bo‘ladilar.
Harakatchan o‘yinlar ko‘pchilik va yakka o‘yinlaiga bo‘-
linadi. Ko'pchilikda o‘ynaladigan o‘yinlar axloqiy ahamiyatga
ega bo‘ladi. Yakka harakatchan o‘yinlarda bola sharoit va
maqsadni o‘zgartirishi, muvofiq yo'lni o‘zi tanlashi mumkin.
Har qanday o‘yin o‘z mazmuni, yo‘nalishi, yakuni va
bajarilishi tartibiga ega.
Oilada tashkil qilinadigan о‘yin bolalardagi yashirin
qobiliyatni
rivojlantirishi, fikrlashga, ijodkorlikka yo‘naltirishi
lozim, u bolalaming ijodiy kuchini sinaydi, shuning uchun
ko‘pgina bolalar o‘zlaricha o'yinlar o‘ylab topadilar.
Ba’zi sport o‘yinlarida ota-onalar yoki oiladagi katta
yoshli odamlar ishtirok etsalar, bu bolani oila a’zolariga
yanada yaqinlashtiradi hamda o‘yinning ahamiyatini oshiradi.
Har qanday o‘yinlarda g‘alaba qilish va yengilish hollari
bo‘lishi tabiiydir.
Binobarin, bolani o‘yin paytida hafa bo‘-
lishdan, afsus-nadomatlardan va boshqa salbiy hayajonlardan
ehtiyot qilishning iloji yo‘q.
0 ‘yin paytida yuz beradigan salbiy his-hayajonlar bolalar
axloqini chiniqtiradi, hayotda uchraydigan to‘siqlami yen-
gishga tayyorlaydi. Chunki hayotda quvonch ham tashvish
ham, g‘alaba va mag‘lubiyat ham hamisha yonma-yon
174
yuradi. 0 ‘yin kechinmalari aslida bolani haqiqiy hayotga
chiniqtirib boradi.
Bolalarga xalq o‘yinlariga qiziqish uyg‘otish kerak.
Chunki xalq o‘yinlari orqali bolalar o‘z
xalqining urf-
odatlarini, madaniyatini va turmushini o‘rganadilar. Oilada
bolalar bilan «Xolam mehmonga kelidi», «Tapur-to‘pur
qayrag‘och», «Aylanma darra», «Bekinmachoq», «Tortish-
machoq» kabi o‘yinlami o‘ynash maqsadga muvofiqdir.
Harakatli o‘yinlami ko‘p kvartirali uylar yoki mahallada
yashaydigan barcha bolalar uchun mahalla guzarlarida yoki
bo‘lmasam sport maydonchalarida tashkil qilish maqsadga
muvofiq bo'ladi. Harakatli o‘yinlami o‘tkazishda ota-onalar
rahbarlik qilishlari va bolalami uyushtirishlari zarur. Bir
necha ota-ona bolalami yig‘adi, o‘yin muddatlarini reja-
lashtiradi, o‘yinda qatnashadiganlar
sonini belgilaydi va
so‘ngra o'yinni o‘tkazadi. Bu holda juda ko‘p bolalar
qatnasha oladigan o‘yin turlari tanlanishi kerak.
0 ‘y m c h ila m i
tanlashda, yuqorida aytganimizdek, bola-
laming yosh xususiyatlari va jismoniy imkoniyatlarini,
qiziqishlarini hisobga olish shart.
Harakatchan o‘yinlar — bir harakatdan ikkinchisiga tez
o‘tishni talab qiladigan o‘yinlar bolalarda chaqqonlikni
tarbiyalaydi.
Tovushni eshitganda, biror narsani ko‘rganda,
sezganda hoziijavoblik talab etadigan, harakatlar tez to‘x-
tatiladigan, to‘xtatib turiladigan va birdan boshlab yu-
boriladigan o‘yinlar, masofani qisqa muddatda bosib o‘tish
bolalarda tezkorlikni takomillashtiradi. Qisqa vaqtda o‘lchovi
me’yorda bo‘lgan kuchni zo‘riqtiradigan o‘yinlar bola
kuchini oshiradi. Betinim harakat qilib, harakatlami bir
necha marta takrorlashni talab etadigan, ancha kuch-quwat
sarflanadigan o‘yinlar tanni chiniqtiradi.
Dostları ilə paylaş: