mehnatiga
yordam berish, tevarak-atrofdagi voqea va hodi-
salarga nisbatan o‘z munosabatlarini o‘yin jarayoni orqali aks
ettirish, ularga taqlid qilish bilan o'tadi.
0 ‘yin - bolalaming har tomonlama rivojlanishining
muhim vositasi fiamda asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
0 ‘yin - uzoq davrlardan beri,
mashhur olimlar, pedagog-
psixologlar, faylasuflar, sotsiologlar, etnograflar va madaniyat
arboblari diqqatini o‘ziga qaratib kelgan.
0 ‘rtaOsiyo madaniyati tarixida
farzand tarbiyasiga juda
katta e’tibor qaratilganligi, mashhur allomalardan Abu Nasr
al-Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino,
Yusuf
Xos Hojibning «Qutadg'u bilig, baxt keltiruvchi bilim»,
Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq» («Haqiqat sov-
g'alari») kabi jahonga mashhur asarlarida xalqimizga xos
bo'lgan farzand tarbiyasining muhim omillari ustida fikr
yuritganlar.
Xalq pedagogikasi chuqur o‘rgatilganda, mutafakkir-
laming farzand ta’lim tarbiyasi va odob-axloqqa oid asar
larida, o‘zbek xalqi bolalami taibiyalashda tarbiyaviy ishning
eng ta’sirchan uslubi-o‘yin shaklidan
juda keng foydalan-
ganligini ko'ramiz.
Bola tarbiyasida o‘yinning o‘ziga xos xususiyatlari va
turlari mavjud. 0 ‘yin mazmuni va tashkiliy ko‘rsatkichi
darajasiga ko‘ra: xalq milliy harakatli o‘yinlari, ijodiy
o‘yinlar, harakatli o‘yinlar, ermak-ovutmachoq o‘yinlar,
sanamalar xalq og‘zaki ijodidagi o‘yin turlari mavjud.
0 ‘zbek xalqi bolalami taibiyalashda an’anaviy o‘yin
turlaridan, (o‘g‘il va qiz bolalami o‘ziga xos xususiyatlarini
tarbiyalashda) tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan foyda-
langanlar. 0 ‘g‘il
bolalami uddaburon, chaqqon, topqir,
qizlami mehr-shavqatli, uy ishlariga kirishimli qilib tarbiya-
179
langan. Ulami hayotga, turmushning og‘ir yengil sinovlariga
tayyorlab borishga katta e’tibor qaratilgan.
Bunday jarayon-
larda ota-onaning shaxsiy namuna bo‘lishi, mehnatga
chiniqtirishi, mehnatga o‘rgatish kabi tarbiya shakllaridan
unumli foydalanilgan.
0 ‘yin - doimo hayotni aks ettiradi. 0 ‘yin o‘zining kelib
chiqishiga ko‘ra, yo‘nalish va mazmuniga ko‘ra ijtimoiy
voqelik hisoblanadi. 0 ‘yin jarayonida
bolaning psixik bilish
jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji, qiziqishlari, ta’sirchanligi
— uning butun shaxsiyati shakllanadi. Bola o‘yinda amamliy
ehtiyojlarga qaram bo‘lmaydi. Bunda u o'zining
bevosita
ehtiyoji va qiziqishlaridan kelib chiqadi. Bolalaming o'yinlari
o‘zining rang-barangligi bilan ajralib turadi.
Bolalar mustaqil ijodiy o‘yinlami ko‘proq o'ynaydilar. Bu
o‘yinlami bolalar o‘zlari o‘ylab chiqadilar. Bolalar o‘z
taassurotlari, ko‘rgan-eshitgan, his qilgan narsalarga nisbatan
o‘z munosabatlarini aks ettiradilar. Bolalaming ijodiy
o‘yinlarini mazmuni va syujetiga ko‘ra 3 guruhga bo'lish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: